“Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” shiori ostida umumxalq hayriya hashari

photo_2018-08-18_12-04-29

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
10 avgustdagi F649-sonli Farmoyishiga muvofiq, 2018 yilning avgust oyi mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilinishi munosabati bilan Kasb-hunar ta’limi muassasalarida umumxalq hayriya hasharini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil 10 avgustdagi 112-sonli buyrug‘i chiqarilib, ijro uchun hududiy kasb-hunar ta’limi boshqarmalariga yetkazildi.

Mazkur buyruq bilan joriy yilning avgust oyida obodonlashtirish va tozalik oyligini hamda 18-19 avgust kunlari umumxalq hayriya hasharini uyushqoqlik bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, ta’lim muassasalari joylashgan binolar va hovlilar atrofini, ariqlar, ko‘chalar, yo‘laklar va daraxtlarni tartibga keltirish, oqlash va butash, chiqindilarni tashkiliy ravishda to‘plash hamda belgilangan joylarga olib chiqilishini tashkil etish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish;

hashar munosabati bilan kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari va kasb-hunar ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan xodimlar jamoasining roziligi bilan bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘larini O‘zbekiston “Mahalla” hayriya jamoat fondining Respublika boshqaruvi hamda hududiy bo‘limlarining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o‘tkazish vazifalari belgilab berildi.

Kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan “Markaz ma’naviyat” telegram guruhida ta’lim muassasalarida hayriya hashari munosabati bilan amalga oshirilgan obodonlashtirish, tozalash ishlarining tasvirlari umumlashtirilib borildi.

18 avgust kuni “Markaz ma’naviyat” telegram guruhiga ta’lim muassasalarida hashar jarayoni tasvirlangan 1789 ta fotosuratlar jamlandi.

Kasb-hunar ta’limi markazi tasarrufidagi tashkilotlar va ta’lim muassasalaridan hasharda ishtirok etganlar soni jami 117688 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, hayriya hashariga ko‘ngilli ravishda 69574 nafarini yoshlar jalb etildi.

Umumxalq hayriya hasharida hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha
1974 gektar maydon obodonlashtirildi, 3597 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi, 2621 km ariq va lotoklar tozalandi, 341 ta qabristonlar va ziyoratgohlarda ish tashkil qilinib, atrofi va ichki qismlari tozalandi va zaruriy obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, 14434 ta uy hashar yo‘li bilan sharoiti yaxshilandi hamda 682 ta ehtiyojmand oilaga muruvvat yordamlari ko‘rsatildi.

Hashar kuni bir qator texnika vositalari, asbob uskunalari va boshqa zarur maxsulotlardan foydalanildi. Jumladan, 1431 ta texnika vositasi jalb qilindi, hasharchilarga 17404 ta temir arra, qaychi va boshqa asbob uskunalar yetkazib berildi, 23572 ta belkurak, ketmon, xaskash, lapatka hashar davomida ishlatildi, tozalash ishlarida 27958 ta supurgi, xokandoz, chelak va shyotkadan foydalanildi, 12 tonna buyoq mahsulotlari obodonlashtirish ishlarida sarflandi.

photo_2018-08-18_10-07-57 photo_2018-08-18_10-28-42 photo_2018-08-18_10-35-04 photo_2018-08-18_10-35-24 photo_2018-08-18_10-44-10 photo_2018-08-18_11-20-55 photo_2018-08-18_11-21-02 photo_2018-08-18_11-21-05 (2) photo_2018-08-18_11-29-04 photo_2018-08-18_12-04-29 photo_2018-08-18_12-52-14 photo_2018-08-18_13-03-02 photo_2018-08-18_13-33-12 photo_2018-08-18_14-21-59 photo_2018-08-18_14-22-20 photo_2018-08-18_14-34-49 photo_2018-08-18_14-46-53 photo_2018-08-18_18-05-02 photo_2018-08-18_18-05-06 photo_2018-08-18_18-05-51 photo_2018-08-19_13-40-18 photo_2018-08-19_13-47-55 photo_2018-08-19_13-49-37 photo_2018-08-19_13-49-56