O‘zbekiston olimlari uchun xalqaro ta’lim resurslariga yo‘l ochildi
2018 yilning 23 mart kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari mahsulotlari uchun Milliy bitimni tantanali imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov, “Elsevier” xalqaro kompaniyasi vitse-prezidenti Feliks Xayest […]
“Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturidan ko‘zlangan maqsad nima?
Poytaxtimizda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari mahsulotlari uchun Milliy bitimni imzolashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ma’lum qilinganidek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqqan. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda […]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz xalqiga bayram tabrigi
Aziz vatandoshlar! Jonajon yurtimiz – O‘zbekistonimizga yasharish, bahor va go‘zallik bayrami – Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ana shu qutlug‘ ayyom – Sharqona yangi yil bilan siz, muhtaram otaxon va onaxonlarni, munis opa-singillarimiz, suyukli farzandlarimiz, butun xalqimizni chin yurakdan samimiy muborakbod etaman. \Qalblarimiz shodlik va quvonchga to‘lgan mana shu nurli lahzalarda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat, […]
TOSHKENT SHAHRIDARI IMKONIYATLARI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN RESPUBLIKA KASB-HUNAR KOLLEJIDA “XUSH KELDING NAVRO’Z” TADBIRI O’TKAZILDI Navro’zi olam xalqimizning azaliy va abadiy qadriyatlaridan bo’lib, bu ayyom o’zida yangilanish, yasharish, o’zaro hamjihatlik, mehru oqibat, bag’rikenglik deb atalmish umuminsoniy g’oyalarni mujassam etadi. Bu ayyom o’z mohiyatiga ko’ra, bahor faslining kirib kelishi, kun va tunning tenglashishi, yorug’ niyat bilan sumalakka bug’doy […]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Muhtaram Nursulton Abishevich! Hurmatli davlatlar va delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Avvalo, bugun qutlug‘ va saxovatli Qozog‘iston zaminida o‘zimizni o‘z uyimizdagidek, orzu-umid va intilishlari mushtarak bo‘lgan yagona ahil oila a’zolaridek his etayotganimizni alohida ta’kidlamoqchiman. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti, qardoshim va do‘stim, muhtaram Nursulton Abishevich Nazarboyevga Qozog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi yilini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusi va qarori uchun […]
Toshkent yuridik kolleji sobiq direktorining jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
2018-yil 16-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori N.Temirovaning jinoyat ishiga oid sud jarayoni boshlandi. Ma’lumki, Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari dars vaqtida kollej hovlisida o‘zaro janjallashib, pichoqbozlik qilishi oqibatida ularning biri vafot etgani, biri esa og‘ir tan jarohati olgani ko‘pchilikning qalbini larzaga solgan edi. Prezidentimiz ham bu voqeaga e’tibor […]
Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish markazlarini ochadi
Uchrashuvda TIKA tomonidan O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar berildi. Jumladan, TIKA rahbariyati Farg‘ona vodiysida hudud ehtiyojidan kelib chiqqan holda, kasb-hunarga o‘qitish markazlarini ochish, ayniqsa, talab yuqori bo‘lgan tikuvchilik, avtomobilsozlik, mashinasozlik, payvandlash va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitish tizimini yaratishga e’tibor qaratdi. Kasb-hunar o‘rgatishda Turkiyadan malakali kadrlarni […]
Shavkat Mirziyoyev birinchi darajali “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
Ostona, 15-mart. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakr O‘rozov xabar qiladi. Ma’lumki, Qozog‘iston Respublikasi 2018-yilni mamlakatda O‘zbekiston yili deb e’lon qilgan. Bu qozoq eli va Qozog‘iston davlatining o‘zbek xalqiga, mamlakatimizga hurmati, ehtiromi ramzidir. Shu munosabat bilan “Ostona opera” teatrida tashkil etilgan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Prezidentlari va Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari a’zolari, diplomatik […]
Пояснительная записка к примерным вариантам тестовых заданий для вступительных тестовых испытаний в бакалавриат высших образовательных учреждений
При вступительных тестовых испытаниях в бакалавриат высших образовательных учреждений уровень знаний абитуриентов определяется по таким общеобразовательным предметам как родной язык и литература, каракалпакский язык и литература, русский язык и литература, математика, информатика, физика, химия, биология, география, история, английский, немецкий и французский языки. По результатам тестовых испытаний определяются рейтинговые баллы абитуриентов во вступительном отборе. Тестовые задания для […]
«Muqaddas va mo’`tabar Ona siymosiga ta`zim qilamiz». Prezident xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi
O’zbekistonda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu ayyom munosabati bilan Toshkent shahridagi «O’zekspomarkaz»da tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakatimiz xotin-qizlarini bayram bilan tabrikladi. Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan uchrashuvdagi nutqini keltirgan. Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar! Hurmatli do’stlar! Hammamiz orziqib kutgan […]