“ATLAS BAYRAMI” An’anaviy to’qimachilik festivali

atlas-bayram-yangi

2016 yil  6-10 sentyabr kunlari Marg’ilonda an’anaviy to’qimachilik bo’yicha ikkinchi marotaba “Atlas bayrami” festivali bo’lib o’tadi. Festival Farg’ona viloyat hokimiyati va Marg’ilon shahar hokimiyati,  Marg’ilon hunarmandchilkni rivojlantirish markazi, YUNESKOning O’zbekistondagi Vakolatxonasi, YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi, O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari Vazirligi, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi, “Hunarmand” xalq ustalari uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi xalq hunarmandlari va rassomlari, O’zbekistondagi DVV International filiali, san’atkorlar, “O’zbekturizm” Milliy kompaniyasi, hamda O’zbekiston oshpazlar uyushmasining yaqin  hamkorligida tashkil etildi.

An’analarni saqlash, jamiyat farovonligini oshirish va madaniy merosga boy hududni ommalashtirishga qaratilgan festival maqsadi bir qator hamkorlarning e’tiborini jalb etib, ular festivalni tashkil etishda hamkorlik qilish istagini bildirdilar. Xususan, Latviya elchixonasi va bir qator boshqa diplomatik vakolatxonalar Marg’ilon shahri tarix muzeyida bo’lib o’tadigan zamonaviy va an’anaviy to’qimachilik ko’rgazmasida ishtirok etadilar. O’zbekiston bozorida mobil aloqa xizmatlarni ta’minlab kelayotygan, Ucell kompaniyasi ham  yosh iqtidorlarning mahoratini rivojlantirish va targ’ib qilishga o’z hissasini qo’shish istagini bildirib, mamnuniyat bilan festivalni qo’llab-quvvatladi. COUNCIL advokat firmasi  festival doirasida bo’lib o’tadigan amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda o’z yordamini ko’rsatadi. Festivalda, an’anaviy to’qimachilik va moda dizaynining etakchi  ustalari bilan bir qatorda, hunarmandlar, san’atshunos-olimlar, art (tasviriy san’at menejerlar, an’anaviy hunarmandchilikni boshqarish sohasidagi mutahassislar,  manfaatdor tomonlar va homiylar, hamda mahalliy rahbariyat va jamoatchilik ishtirok etadi.

“Atlas bayrami” festivalining maqsadi – an’anaviy hunarmandchilikni saqlash va tiklash jarayonini qo’llab-quvvatlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, ayniqsa ayollarning moddiy farovonligini  oshirish uchun hunarmandchilikdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish. Tashkilotchilar ikkinchi festivalni yanada tomoshabop va o’zgacha shaklda o’tkazishni, hamda Mustaqillik davrida ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlangan O’zbekiston an’anaviy va zamonaviy to’qimachiligining turfaligi, go’zal va betakrorligini, bayramona nishonlashni rejalashtirishgan.

Birinchi festival muvaffaqiyatli o’tganini hisobga olgan holda, ikkinchi festival yanada keng dasturga ega. Unda 2016 yil 6-8 hamda 9-10 sentyabrda ot’kaziladigan an’anaviy to’qimachilik va kashtachilik, tabiiy bo’yash va kiyim dizayni bo’yicha yosh hunarmandlar mahorati va salohiyatini oshirish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar, hamda marketing va kommunikatsiya bo’yicha trening bilan bir qatorda quyidagi tadbirlar o’tkaziladi:

  • “O’zbek to’qimachiligi va uning taraqqiyoti” davra suhbati (Маrg’ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi);
  • “Marg’ilon osmoni ostida” nomli an’anaviy to’qimachilik va O’zbekiston libos dizayni namunalari ko’rgazmasi (Маrg’ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi);
  • “Dun’yo to’qimachiligi: Sharq va G’arb” ko’rgazmasi (Margilon’ shahridagi tarix muzeyi);
  • Latviyalik gobelen bo’yicha rassom, Iveta Vecenanening shaxsiy ko’rgazmasi (Margilon’ shahridagi tarix muzeyi);
  • “Hunarmandlar shaharchasi” O’zbekiston amaliy san’ati mahsulotlari yarmarkasi (Marg’ilon shahri markaziy bog’i);
  • O’zbek model’erlari, YUNESKOning tinchlik elchisi, san’at arbobi Bibi Rasselning liboslar namoyishi (Marg’ilon shahri markaziy bog’i);

Xalq sayli, musiqaviy guruhlar va “Askiya” xalq ijrochilarining chiqishlari, an’anaviy kurash, dorbozchilar tomoshasi,  “Devzira” palov ko’rigi , qo’g’irchoqbozchilk (Marg’ilon shahri markaziy bog’i).