Bosh vazir: “Kollej o‘qituvchilari hatto noqonuniy qurilmalarni buzishlarga ham jalb qilingan”

3901e5486e8fdc5bebe63f255dd849890417

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri A.Aripov o‘z so‘zida viloyatlarda yo‘l qo‘yilayotgan majburiy mehnat ko‘rinishlarini tanqid qildi.

“Samarqandning Nurobod tumanidagi Jom qishlog‘ida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga nafaqat tumandagi, balki boshqa tumanlardagi o‘qituvchi, shifokorlar ham jalb etilgan. Bundan tashqari, o‘qituvchi va shifokorlarni qishloq xo‘jaligidagi ishlarga keng jalb qilish tizimga aylanib boryapti. Masalan, Paxtachi tumanida xalq ta’limi xodimlari o‘qituvchilari chigit ekish ishlariga jalb etilgani aniqlandi.

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida kasb-hunar kolleji direktorlari qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etishda vakil sifatida biriktirib qo‘yilgan.

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi barcha kollej, maktab direktorlari tomorqadan unumli foydalanish ishlariga, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi 8 kollej mutasaddilari uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlarga biriktirib qo‘yilib, tokni ochish va ko‘mishga doimiy qarashib kelgan.

Kollej o‘qituvchilari hatto noqonuniy qurilmalarni buzishlarga ham jalb qilingan. Buni Urganch shahri va Urganch tumanlari misolida ko‘rish mumkin”.

manba: xs.uz