E’lonlar

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI tomonidan 2015 yil 13 noyabr Namangan viloyati “Yoshlar markazi”da O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Yilning eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari” ko‘rik-tanlovlarining Respublika bosqichi o‘tkaziladi.

 Mazkur ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishidan asosiy maqsad:
Ma’naviyatning ma’no-mohiyati, milliy ma’naviyatimizning qadimiy ildizlari, noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan targ‘ibot ishlarini muntazam ravishda olib borish hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchi-yoshlarni yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega barkamol shaxs etib tarbiyalashda ilg‘or tajribalar, innovatsion texnologiyalar, yangi tarbiya metodlaridan unumli foydalanib, samarali natijalarga erishayotgan tashabbuskor, yangilikka intiluvchi, ijodkor, fidoiy ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini aniqlash, ularning ish tajribalarini ommalashtirishdir!

Ma’naviy-axloqiy tarbiya va sport bo‘limi