Sanaqulov Saloxiddin Isaqulovich

Head of spiritual and moral education and sports department


Reception days:

Email: s.sanakulov@markaz.uz
Phone number:(8-371) 246-18-40      Fax:(8-371) 246-17-41

Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“da O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida belgilangan islohotlarning borishida davlat siyosatini amalga oshirish;

Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha o‘quv reja, dasturlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa hujjatlarni yaratishda ishtirok etish va ularni takomillashtirish bo‘yicha Davlat ta'lim standartlarini takomillashtirish va ta'lim yo‘nalishlarini birxillashtirish boshqarmasiga takliflar kiritish;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar, o‘quvchi-yoshlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashga qaratilgan faoliyat yo‘nalishlarini belgilash hamda ma'naviy-ahloqiy tarbiya va sport ishlarini tashkiliy jihatdan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari va ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar holatini tahlil qilish hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ularga mazkur yo‘nalishda uslubiy yordam ko‘rsatish;

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini milliy istiqlol g‘oyalari, boy intellektual meros hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllarini joriy etish;

Ta'lim muassasalarida tibbiy punktlar ishini, o‘quvchilarning tibbiy ko‘riklarini va o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish tadbirlarini muvofiqlashtirish;

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlarning joylardagi ijrosini nazorat qilish hamda ichki ishlar organlari bilan o‘quvchi va o‘qituvchi-xodimlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari dinamikasini doimiy tahlil qilib borish va tegishli chora-tadbirlarni belgilash;

Diniy ekstremizm, fundamentalizm va terrorizmga qarshi kurash g‘oyalarini targ‘ib qilish va o‘qitish ishlarini muvofiqlashtirish;

Voyaga yetmaganlar bilan olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va bu borada tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

Yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalardan iborat bo‘lgan o‘quvchilarning markazlashtirilgan hisobini yuritishda vasiylik va homiylik organlariga ko‘maklashish;

Manfaatdor davlat organlari ishtirokida deviant xulq-atvorli, jismoniy va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan o‘smirlar bilan ularning ta'lim olishi, rivojlanishidagi nuqsonini tuzatish va ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil qilish;

Hozircha mavjud emas