Raxmanov Xusniddin Sharipovich

Markaz direktorining o‘rinbosari – Davlat ta`lim standartlarini takomillashtirish va ta`lim yo`nalishlarini birxillashtirish boshqarmasi boshlig‘i


Qabul kunlari:    Chorshanba 08:00 dan 11:00 ga qadar

Elektron pochta: x.raxmanov@markaz.uz
Sayyor qabul: 17.02.2017 – Namangan viloyati Chust tum, 23.06.2017 – Qoraqalpog’iston respublikasi Nukus shaxri
Telefon:(+99871) 246-19-22      Faks: (+99871) 246-19-22

Markaz apparati bo‘lim va boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo‘nalishlari va kasblarni unifikatsiyalash va birxillashtirish yuzasidan berilgan takliflarni o‘rganadi, xulosa beradi, davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, takomillashtirish, o‘rta-maxsus, kasb-xunar talimining talim yo‘nalishlari, mutaxassislar va kasblar tasniflagichiga o‘zgartirishlar kiritib borish ishlarini boshqaradi. O‘quv jarayonining o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish, seminar, simpoziumlar va o‘quv-uslubiy konferensiyalarni tashkil etish, iqtidorli o‘quvchilar tanlovini, fan olimpiadalarini tashkil etish, axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, darslik, o‘quv qo‘llanmalarni yaratish, nashr etish ishlari jarayoniga rahbarlik qiladi. Ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini tanlashda rahbarga takliflar kiritadi. Pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishda uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini attestatsiya va akreditatsiyadan o‘tkazish jarayonini tashkil qilishga umumiy rahbarlik qiladi, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rta-maxsus, kasb-xunar talimi muassasalariga tadbiq etish, elektron kutubxonalarni tashkil etish, tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etish jarayoniga rahbarlik qiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati faoliyatiga mutasadillik qiladi. Fuqarolarni og‘zaki va yozma murojaatlari bo‘yicha qabul qiladi. Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari xizmat safarida bo‘lganida o‘rniga birinchi o‘rinbosar vazifasini amalga oshiradi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining o‘rinbosari Raxmanov Xusniddin Sharipovich 1967 yilda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 1990 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi stamatologiya vrachi, tibbiyot fanlari doktori.
2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tugatgan;
U o‘z mehnat faoliyatini 1984 yilda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani yoshlar qo‘mitasi statisti lavozimidan boshlagan4
1985-1990 yillarda Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi;
1990-1997 yillarda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti ortopedik stomatologiya kafedrasi klinik ordinatori, kafedra aspiranti, talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, kafedra assistenti, bosh shifokor o‘rinbosari;
1997-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash profilaktika yordami bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;
1999-2012 yillarda Yangiyo‘l tibbiyot kolleji direktori, 2012-2013 yillarda Sergeli tibbiyot kolleji direktori, 2013 -2017 yillarda Chilonzor tibbiyot kolleji direktori;
2017 yil may oyida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlagan.