Alijonov Utkir Maxamadalievich

State deputy head of the unification of directions to improve the standards of education and training


Reception days:

E-mail: u.alijonov@markaz.uz
Phone number:(8-371) 246-16-52      Fax: (8-371) 246-16-52

Davlat ta'lim standartlarini joriy etish va takomillashtirishni, mutaxassislar tayyorlashni, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘quv rejalari va dasturlari yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq ta'lim standartlarini ishlab chiqishni tashkil etishni ta'minlaydi;

manfaatdor davlat organlari ishtirokida deviant xulq-atvorli, jismoniy va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan o‘smirlar bilan ularning ta'lim olishi, rivojlanishidagi nuqsonini tuzatish va ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil qiladi;

o‘quv-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standarti talablarining bajarilishi ustidan nazorat ishlarini olib boradi;

tarmoq ta'lim standartlari va o‘quv dasturlarini talab etilgan hollarda ishlab chiqish va bosqichma-bosqich takomillashtirib borishda oliy ta'lim muassasalari hamda ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlik ishlarini kuchaytirish yuzasidan qo‘shma qarorlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, iqtisodiyotning real tarmoqlarida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga asosan sifatli kadrlar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish, tayyorlov yo‘nalishlari va kasblarni birxillashtirish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqadi;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi mazmunini takomillashtirish masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi investitsiya loyihalari rahbar (koordinator)lari bilan aloqalarni amalga oshiradi;

o‘quv-me'yoriy hujjatlarning ta'lim jarayonidagi tatbig‘ini o‘rganadi, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida joylardagi ta'lim muassasalariga xizmat safarlariga boradi va rahbariyatga tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi;

vazirlik va idoralardan kelgan xatlar, fuqarolarning ariza va shikoyatlarini o‘rganadi, tahlil qiladi va ularga javob tayyorlaydi.

Xozircha mavjud emas