Tursagatov Jahongir Mamatovich

Head of department for selection and work with leading and pedagogical personnel


Qabul kunlari:Payshanba 14:00-17:00

Elektron pochta: j.tursagatov@markaz.uz
Telefon:(8-371) 246-11-54       Faks: (8-371) 246-11-54

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining rahbar va pedagog kadrlar bilan ta'minlanganligini o‘rganadi va ularning istiqbol ehtiyojini aniqlaydi;

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va pedagog-muhandis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi hamda ularni kadrlar bilan ta'minlaydi;

Markaz tasarrufidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari direktorlarini tanlov bo‘yicha tanlashni tashkil qiladi, kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi;

Boshqarma faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda ularning qonunchilikka muvofiqligini ta'minlaydi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga imzo (viza) qo‘yadi. Tegishli hujjatlar ishlab chiqilgandan keyin ularni amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni ta'minlaydi;

Boshqarmaning shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Markaz direktoriga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini rahbar va pedagog kadrlar bilan ta'minlash tadbirlarini belgilash va ularni hududiy boshqarmalar, ta'lim muassasalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish ishlariga rahbarlik qiladi;

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining tegishli bo‘lim va boshqarmalari bilan hamkorlikda rahbar va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni o‘rnatadi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Rahbar va pedagog kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlar to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlar bazasini shakllantirib boradi;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyatini Boshqarma vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiradi

Hozircha mavjud emas