“Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturidan ko‘zlangan maqsad nima?

dbf5989ad93a16fb52c7d2d111c33888

 Poytaxtimizda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari mahsulotlari uchun Milliy bitimni imzolashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

 Ma’lum qilinganidek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqqan. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda oliy ta’lim dargohlari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat.

 Milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi ilmiy jurnallarni “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

 

O‘zA