Jismoniy va yuridik shaxslarga

Jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDA QONUNIGA ASOSAN

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaatlar sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi. Ushbu Qonunning amal qilishi: ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo‘jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

  • Davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
  • Jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega.
  • Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
  • Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.

Xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.

Murojaatlarning shakllari

  • Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin.

Murojaatlarning turlari

  • Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo‘lishi mumkin.
  • Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.
  • Taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat.
  • Shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat.
  • Murojaatlar, ularning turi va shaklidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega.

Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar

Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

  • Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.
  • Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida bo‘lishi kerak. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
  • Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazida rahbariyat qabuliga 246-10-91 va 246-11-25 telefon raqamlari orqali oldindan yozilishingiz mumkin.

     Sizning og‘zaki murojaatlaringiz bo‘yicha belgilangan kun va soatlarda o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtlarda qabul qilish jadvaliga muvofiq, Markaz rahbariyatining qabuliga kirishingiz tartibi tushuntiriladi.

Arizalar 15 kun, takliflar 10 kun, shikoyatlar 10 kundan 1 oy muddat ichida ko’rib chiqiladi. Markaz vakolatiga kirmaydigan murojaatlar 5 kunlik muddatda tegishli tashkilotlarga o’tkaziladi.

2018 yil davomida kelib tushgan va ko’rib chiqilgan murojaatlar

Sub’ektlar I chorak II chorak III chorak IV chorak
Jismoniy shaxslar 14
Yuridik shaxslar 301
Jami 315


Yagona portal orqali 2018 yil kelib tushgan fuqorolar murojaatlar

Sub’ektlar I chorak II chorak III chorak IVchorak
Jismoniy shaxslar 12
Yuridik shaxslar 1
Jami 13

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining Ishlar boshqarmasi