Kasb-hunar ta’limi jurnali

“Kasb-hunar ta’limi” jurnalining muassislari:

  • O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi;
  • O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.

Jurnalning maqsad va vazifalari:

  • O‘zbekiston hukumatining kasb-hunar ta’limi sohasida olib borayotgan islohatlarni, erishilgan yutuqlarni keng yoritib borish;
  • o‘quvchi-yoshlarni barkamol avlod qilib tarbiyalashga hissa qo‘shish;
  • o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglarning kasbiy bilimi, ko‘nikma va malakasini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilish.

                    

Ixtisoslashuvi – ilmiy-uslubiy.

Tarqatilish hududi – Respublika bo‘yicha. Davriyligi – 2 oyda bir marta. Jurnal 2000 yildan buyon nashr etib kelinmoqda.   Qayd raqami : ISSN 2010-7498

Moliyalashtirish manbalari – obunadan tushgan mablag‘.

Tahririyat manzili  – Indeks: 700095. Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 76-uy. Tel. 150-63-28.

Tahririyat to‘g‘risida ma’lumot: “Kasb-hunar ta’limi” jurnali (2000 yil 7 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 92-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan  00098 raqam bilan ro‘yxatga olingan, 2003 yil 11 dekabrda 088 raqam bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Hajmi – jurnal 60×84, 1/8 formatda 32 sahifada bosiladi.

Tahririyat yuridik shaxs maqomiga ega. U muassislar ko‘magida barcha moliyaviy-iqtisodiy va tashkiliy masalalarni o‘z zimmasiga oladi.

“Kasb-hunar ta’limi” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi rayosatining qarori bilan doktorlik dissertatsiyalari yuzasidan ilmiy maqolalar chop etilishi lozim bo‘lgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ilmiy-uslubiy jurnaldir.

“Kasb-hunar ta’limi” jurnali saytiga murojat