Kasb-mahorati axborotnomasi

“Kasb mahorati” – O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlari axborotnomasi 2001 yilda tashkil etilgan.
Davriyligi – 2 oyda bir marta o‘zbek-rus tilida nashr etiladi.
“Kasb mahorati” axborotnomasining asosiy yo‘nalishi va maqsadi:
– “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘MKHT tizimi rahbar va pedagog xodimlarga normativ-huquqiy, ilmiy-metodik, tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish;
– Ta’lim tizimi, xususan O‘MKHT tizimiga oid yangi chiqqan normativ-huquqiy, o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;
– O‘MKHT tizimi xodimlarining ijodkorlik yutuqlari, ta’lim jarayonidagi yangi shakl va uslublarni targ‘ib qilish.​

Obuna va boshqa masalalar bo‘yicha quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 244-35-38