“Lokomotiv” – superkubok sohibi

“Lokomotiv” – superkubok sohibi

“Bunyodkor” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentning “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida “temiryo‘lchi”lar vakili Lutfulla To‘rayevning uzoqdan yo‘llagan kuchli zarbasini “Paxtakor” darvozaboni qaytara olmadi – 1:0. Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik “Lokomotiv” jamoasida bo‘ldi. 49-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov raqib darvozasiga to‘p kiritdi. 56-daqiqada Ruslan Koryan penaltini aniq bajargan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Marat Bikmayev “Paxtakor” darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa 4:0 hisobida g‘alaba qozongan “Lokomotiv” jamoasi O‘zbekiston superkubogini qo‘lga kiritdi.

Manba: Uza.uz