Markaz haqida

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

Markazning asosiy vazifalari:

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida keng ko‘lamli chuqur bilimlarga ega bo‘lgan, hozirgi bozor sharoitlarida muayyan kasb-hunarni va ish ko‘nikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida uzluksiz ta’limning maqsadli vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quv jarayoniga yangi pedagogika va axborot texnologiyalarini, shuningdek o‘quvchilarni milliy mustaqillik g‘oyalari, boy intellektual meros hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini joriy etish;

Ta’lim darajasini va kasb-hunar mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirish;akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi va nashr qilinishini tashkil etish;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasb darajasini oshirish va ularning mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tashkil etish.


O‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi markazi markaziy apparatining tuzilmasi

 Struktura

 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining

TASHKILIY TUZILMASI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

2011 yil 26 avgust, 244-son


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA