O’MKHTTKMO va UQT instituti

ooo

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 77-sonli “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi tasarrufida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti tashkil etilgan.

Institut Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi 342-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g’risida”gi qarori bilan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti”ga aylantirildi.

U O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi ta’lim muassasasi sifatida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini olib boradi. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», shuningdek, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hay’ati qarorlari va buyruqlariga hamda o‘z ustaviga asosan faoliyat ko‘rsatadi.

Institut saytiga o’tish