O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati

Boshliq: Ergashev Sharif Tulaganovich


Manzil:100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 2-uy

Elektron pochta: metodikxizmat@markaz.uz

Web site: www.metod.uz

          Telefon:0-371 246-07-61; 0-371 246-07-65   Faks: 0-371 246-16-28

Ta'lim standartlari, o‘quv rejalari, dasturlar va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llash monitoringini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini tayyorlashni tashkil etish; O‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘qitishning zamonaviy shakllarini, yangi ilg‘or pedagogik va axborot-kompyuter texnologiyalarini joriy etishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga metodik yordam berish; O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta'limi ustalarining pedagogik va kasbiy darajasini oshirish maqsadida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimining yuqori malakali mutaxassislarini trenerlar-moderatorlar sifatida jalb etgan holda ular uchun seminarlar-treninglar tashkil etish; O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta'limi ustalarining bilimlari, tajribasi va amaliy mahorati oshishiga ko‘maklashuvchi faol shakllar va usullarni, audio-vizual hamda o‘qitishning boshqa ko‘rgazmali vositalarini ishlab chiqish, eksperimental maydonlarda sinovdan o‘tkazish va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga joriy etish; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida fan kabinetlari, laboratoriyalar, o‘quv ustaxonalari va o‘quv poligonlarini jihozlash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘quv-ta'lim va tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarining o‘quv-metodik ta'minlash bo‘limlari ishlarini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish.


Xodimlarning cheklangan soni (yordamchi xodimlarsiz) - 70 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari - 17 nafar.

...