Respublika olimpiadasining IV bosqichi yakunlari

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016 yil 18 maydagi 47/QB, 13/QB-sonli hamda 23 maydagi 49/QB, 14/QB-sonli qo‘shma buyrug‘iga asosan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadasining  IV bosqichi 2016 yil 1-4 iyun  kunlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida o‘tkazildi.

       Olimpiadaning yakunlovchi IV bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazish maqsadida Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, olimpiadani o‘tkazish tadbirlari tasdiqlanib, olimpiada o‘tkaziladigan manzillarning talab darajasida jihozlanishi, musobaqalarning moddiy-texnik ta’minoti, qatnashchilar yashashi, ovqatlanishi, ularga transport, tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, sinovlarning qat’iy jadval asosida tashkil etilishi, bu jarayonda oshkoralik va adolat mezonlariga amal qilinishiga katta ahamiyat berildi.

      Olimpiadaga qatnashuvchi o‘quvchilarni baholash uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq  ta’limi vazirligi,  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi FA ilmiy-tekshirish institutlari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan tavsiya etilgan hakamlar hay’ati a’zoligiga nomzodlar orasidan 14 ta umumta’lim fanlari kesimida Respublika hakamlar hay’ati a’zolari ro‘yxati tayyorlandi. Ularning tarkibida amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va olimlar mavjud bo‘lib,  o‘quvchilarning sinovlar bo‘yicha bajargan ishlarini xolisonalik hamda adolat bilan baholash chora-tadbirlari ko‘rildi.

      Olimpiadaning IV respublika bosqichida 3498 nafar III  bosqich ishtirokchilari orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 379 nafar eng iqtidorli va bilimli o‘quvchilar ishtirok etdi.

 Olimpiadaning 4-bosqichi ikki turda – yozma va test sinovlari ko‘rinishida o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Qoraqalpoq tili va adabiyot fanidan o‘tkazilgan olimpiadada 3 nafar o‘quvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

       Fan olimpiadasida 3 nafar o‘quvchi 2016 yilda 50-xalqaro Mendeleev olimpiadasida 1 ta kumush va 2 ta bronza medali sohibi bo‘lganligi sababli ishtirok etmadi.

IV bosqich yakuniga ko‘ra, jami 15 ta fandan 39 nafar g‘olib o‘quvchilar aniqlandi (14 nafar 1-o‘rin, 13 nafar 2-o‘rin va 12 nafar 3-o‘rin).

    Jamoalar hisobida Toshkent shahri va Samarqand viloyati 7 ta sovrinli o‘rin bilan 1-o‘rinni, Buxoro viloyati 6 o‘rin bilan 2-o‘rinni, Navoiy viloyati 5 ta o‘rin bilan 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

    2016 yil 4 iyun kuni soat 11.00 da olimpiadaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar taqdirlandi.