Rizaev Farxod Xamidullaevich

Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari – Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig’i

Qabul kunlari:Payshanba 08:00 dan 11:00 ga qadar

Elektron pochta: f.rizaev@markaz.uz
Sayyor qabul: 10.03.2017 – Toshkent viloyati Chirchiq sh, 12.05.2017 – Surxondaryo vil
Telefon:(+99871) 246-11-25      Faks: (+99871) 246-11-25

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda-Markaz)ning boshqarma va bo‘limlari, shuningdek tasarrufidagi institut va tashkilotlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarorlari, buyruqlari, tadbirlari ijrosini nazorat qiladi, vazirlik hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etadi, rahbarga Markaz faoliyati doirasidagi masalalar yuzasidan takliflar kiritadi. Markaz apparati bo‘lim va boshqarmalarining ish faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish, vazirlikning umumiy ish rejasida belgilangan tadbirlarning sifatli ijrosi ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, kasb-hunar kollejlariga qabul rejasini shakllantirishga rahbarlik qiladi, o‘quvchilarning o‘qishini bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish masalalarini hal etadi, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash boshqarmasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni olib boradi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, rahbar kadrlarni tanlashda rahbariyatga takliflar kiritadi. Fuqarolarni og‘zaki va yozma murojaatlari bo‘yicha qabul qiladi, Markaz direktori safarda bo‘lganida o‘rniga rahbarlikni amlaga oshiradi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari o‘rinbosari Rizayev Farxod Xamidullayevich 1965 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan, mutaxassisligi quruvchi-muxandis, texnika fanlari nomzodi.
-1982 yilda Toshkent politexnika instituti talabasi;
1990 yilda Toshkent politexnika instituti “Polimerbeton” hududiy ilmiy tekshirish laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 1991-1995 yillarda Toshkent arxitektura qurilish institutida aspirant, assistent va katta o‘qituvchi;
1995-1999 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida birinchi toifali muxandis, yetakchi mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i;
1999-2002 yillarda Moliya vazirligi boshqarmasi boshlig‘i;
2002 yilda Toshkent Xalqaro Vestminstr universiteti prorektori;
2008 yilda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori;
2013 yilda O‘zbeksiton Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari;
2015-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Departament mudiri;
2016-2017 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti rektori;
2017 yil may oyidan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari;