Джалилов Голиб Гайратович

Начальник отдела  внедрения информационных технологий в образовательнй процесс


День приёма:

Электронная почта: g.djalilov@markaz.uz
телефон:(8-371) 246-17-29      Факс: (8-371) 246-17-24

Ta'limga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarini, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining va Markaz direktorining buyruqlari, vazirlik va Markaz hay'ati qarorlarining axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga joriy etish masalalari bo‘yicha ta'lim muassasalarida amalga oshirilishini ta'minlash;

O‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasidagi ta'lim muassasalari uchun axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga joriy etish masalalariga taalluqli bo‘lgan qarorlar, buyruqlar, vazirlik va Markaz hay'atlari qarorlari, Nizomlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkillashtirish, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar chiqarish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;

Hududlardagi ta'lim muassasalarida axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga joriy etish masalalarining ta'lim muassasalarida amalga oshirilishini nazorat qilish;

Belgilangan tartibda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini takomillashtirish muammolari bo‘yicha kengashlar, simpoziumlar, seminarlar, o‘quv-metodik konferensiyalar, tanlovlar va boshqa tadbirlarning o‘tkazilishini tashkil etish;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi mazmunini takomillashtirish masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi investitsiya loyihalari rahbar (koordinator)lari bilan aloqalarni amalga oshirish;

Hozircha mavjud emas