• Институт повышения квалификации и переподготовки кадров системы среднего специального, профессионального образования

Директор: Курбанов Шавкат Эргашевич


Адрес:  100087, Узбекистан, г. Ташкент Алмазарский р., ул. Зиё, д. 7

Электронная почта: moqt@markaz.uz

Веб сайт:  www.vocedu.uz

Teлефон:0-371 246-90-37; 0-371 246-90-39   Фaкс: (+99871) 246-10-92

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi rahbar va pedagog kadrlari hamda boshqa xodimlarining malakasini oshirish va ularni pedagogik qayta tayyorlashdan iborat. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim jarayonining ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish; ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasidagi ilmiy yutuqlar natijalarini malaka oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan ta'lim jarayoniga o‘z vaqtida joriy etish mexanizmini ro‘yobga chiqarish; innovatsiya ilmiy yutuqlarini, texnika, texnologiyalarni, uyg‘unlashtirilgan, masofadan o‘qitish hamda mustaqil ta'lim shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish; internet tarmog‘idan foydalangan holda, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining tahliliy va ijodiy fikrlashini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish; ta'limning ishlab chiqarish bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta'minlash, ko‘chma mashg‘ulotlarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan tashkilotlarda tashkil etishni O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga joriy etish; tashkilotlarning ishlab chiqarish bazasidan foydalangan holda, kasb-hunar kollejlari ixtisoslik fanlari o‘qituvchilarining va ishlab chiqarish ta'limi ustalarining kasbiy mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan amaliy o‘qitishning interfaol uslublarini joriy etish: malaka oshirish va qayta tayyorlashning samarali shakllarini (uyg‘unlashtirilgan, masofadan o‘qitish, mustaqil ta'lim shaklini “ustoz-shogird” uslubini va shu kabilarni) joriy etishning tashkiliy-uslubiy asoslarini, baholashni ishlab chiqish va tizimli ravishda takomillashtirish; O‘MKHT muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ularda ta'lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari negizida interfaol ta'lim uslublaridan keng foydalanish; oliy ta'lim muassasalarini O‘MKHT kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv-uslubiy hujjatlar va adabiyotlar bilan pulli asosda ta'minlash, didaktik materiallarni ishlab chiqish va ko‘paytirishni tashkil etish; O‘MKHT kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalari faoliyatini uslubiy ta'minlash, va muvofiqlashtirish;


Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti hamda foydalanish-xo‘jalik bo‘limi xodimlari soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‘yicha aniqlanadi

Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga saqlanadi.

Xodimlarning cheklangan soni (foydalanish-xo‘jalik bo‘limining texnik, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini, fakultetning o‘quv-yordamchi va professor-o‘qituvchi xodimlarini hisobga olmasdan) - 32 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari soni - 13 nafar.

...
...
...
...
...
...
...
...
...
...