Savodni oshiramiz! Endi o‘quvchi va talabalar har oy “Insholar kuni”da qatnashadi

5aed7bf7773f4

Avvalroq, Hukumatning “Bolalar va o‘smirlar adabiyotini nashr etish tizimini yanada takomillashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganini xabar qilgan edik.

Mazkur qarorga ko‘ra, respublikadagi umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida har oyning oxirgi shanba kuni “Insholar kuni” deb belgilandi.

Bunda o‘quvchi va talabalar o‘zlari o‘qigan kitoblari bo‘yicha insholar tanlovi tashkil etiladi hamda ularni rag‘batlantirish mexanizmi ishlab chiqiladi.