Sobirov Boxodir Boypulatovich

O`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta`minlash boshqarmasi boshlig`i


Qabul kunlari:Chorshanba 14:00-17:00

Elektron pochta: b.sobirov@markaz.uz
Telefon:(8-371) 246-11-18      Faks: (8-371) 246-38-34

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarining bandligi bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar, buyruqlar, yo‘riqnoma, vazirlik hay'ati qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashga rahbarlik qiladi;

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida mutaxassislarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda har bir kasb-hunar kolleji bo‘yicha ularni tayyorlash, kasblar va ixtisosliklar yo‘nalishlari ro‘yxatini xatlovdan o‘tkazadi va qabul qilish rejasini shakllantirishga takliflar kiritadi;

Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazishning zarur darajada, sifatli tashkil etilishi, uch tomonlama shartnomalarning haqqoniyligi yuzasidan nazorat jadvalini ishlab chiqadi, ijrosini nazorat qiladi;

K‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash bo‘yicha davlat siyosatini olib borish yuzasidan manfaatdor vazirlik va idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi va o‘zaro aloqalarni ta'minlaydi;

Vazifalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarining amaliyot o‘tash va keyinchalik ish bilan bandligini ta'minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar haqqoniyligi tasdiqlanmagan, ma'lumotlar soxtalashtirilgan holatlar yuzasidan tegishli idora va tashkilotlarga rasmiy murojaatnomalar kiritadi;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilari bandligi yuzasidan joylarda o‘rganishlar tashkil etadi;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashtirilishi yoki oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishi bo‘yicha har yil yakunlariga ko‘ra baholash ishlarini amalga oshiradi;

Hozircha mavjud emas