Taxliliy ma’ruzalar

2017 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

1.     Moliyaviy – iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi orqali respublika budjetidan 126 ta akademik litseylar, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari, Idoraviy metrologik nazorati xizmati, Axborot-metodik ta’minlash xizmati, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayorlash instituti va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ijro etish harajatlari moliyalashtirilib kelinmoqda.

2017 yilda mahalliy budjet mablag‘laridan Darslik va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish uchun 5,9 mlrd.so‘m (o‘tgan yilning shu davri uchun 5,6 mlrd.so‘m, ya’ni bu yil 5,4% ga ko‘p) mablag‘lar ajratilgan. 2017/2018 o‘quv yili uchun 4,6 mlrd. so‘m darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etish uchun sarflandi. Tanlov asosida o‘tkazilgani uchun 1,3 mlrd. so‘m davlat foydasiga tejaldi.

  Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun 3 mlrd. so‘mlik ilmiy ommabop atlast kitoblari, 20 mln. so‘mlik badiiy ijtimoiy va siyosiy kitoblar, 1 mlrd. so‘mlik turli xil plakatlar turkumi sotib olindi.

2017/2018 o‘quv yilida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-bosqichga qabul qilingan  o‘quvchilari uchun 298,3 mln. so‘m reyting daftarcha, 536,8 mln. so‘mlik o‘quv mashg‘uloti jurnali uchun sarflandi.

2017 yilda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun 446754 nusxada, akademik litsey bitiruvchilari uchun 32930 nusxada diplom va baholarni qayd qilish varaqalarini chop etish uchun 3,4 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining kimyo fani o‘quv-laboratoriya xonalari uchun zarur kimyoviy reaktivlar xarid qilish uchun respublika budjetidan 2,6 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi.

2.     Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

2016 yilda tuzilgan shartnomalarga asosan ta’lim muassasalarini jihozlash va qayta jihozlash uchun  48 to‘plam o‘quv-laboratoriya jihozlari, 187 to‘plam sport jihozlari, 21 turdagi 1382 to‘plam ustaxona jihozlari, 54 to‘plam yo‘l xarakati qoidasi xonasi jihozlari, 2150 to‘plam yotoqxona jihozlari, 1053 to‘plam umumta’lim va laboratoriya xonasi hamda chet tili mebel jihozlari, 33 dona qishloq xo‘jalik texnikalari jami 75,8 mlrd so‘mlik jihozlar harid qilindi va ta’lim muassasalariga yetkazildi.

Yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va ular bilan ta’minlashni tashkil etish borasida 2017 yilda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun 446 754 nusxada, akademik litsey bitiruvchilari uchun 32930 nusxada diplom va baholarni qayd qilish varaqalarini chop etish uchun “Davlat belgisi” DIChB Toshkent bosma fabrikasi bilan 3,4 mlrd. so‘mlik shartnoma imzolandi hamda diplom blankalari ta’lim muassasalari tomonidan bitiruvchi o‘quvchilarga tarqatildi.

2017/2018 o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan o‘quvchilar uchun 184 551 dona jami summasi 298,3 mln. so‘mlik reyting daftarchalari chop etildi.

Ta’lim muassasalari buyurtmalari asosida 41397 dona jami summasi 536,7 mln. so‘mlik o‘quv mashg‘ulotlari jurnali chop etildi va ta’lim muassasalariga tarqatildi.

2017/2018 o‘quv yilida jami 265 nomda o‘quv adabiyotlar jami 212693 nusxada nashr etish uchun 7 ta nashriyotlar bilan 4,6 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘larga shartnomalar imzolandi. Shartnomada belgilangan muddatlarda darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilib ta’lim muassasalariga yetkazib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 noyabrdagi “2005-2009 yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida”gi 548-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun yaratilmagan 128 nomdagi  yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalar mualiflarining tanlovi o‘takzildi. Rejalashtirilgan 128 nomda o‘quv adabiyotdan 86 ta (67%)si bo‘yicha mualliflar bilan shartnoma imzolangan, shundan 47 ta (52%) o‘quv qo‘llanma yaratilib, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ynalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashdan o‘tkazilib chop etildi, 39 ta (48%) qo‘lyozma mualliflar tomonidan tayyorlanmoqda.

Professor o‘qituvchi va soha mutaxassislari tomonidan yaratilgan 22 nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi muhokamasiga kiritildi va vazirlikning tegishli buyruqlari asosida nashr ruxsatnomasi rasmiylashtirildi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan hududiy boshqarmalar orqali ta’lim  muassasalariga 13 nomda, 20215 nusxada, 3 mlrd so‘mlik ilmiy ommabop atlast kitoblari va  7 nomda, 2430 nusxada, 20 mln so‘mlik badiiy ijtimoiy va siyosiy kitoblar, 2 nomda 8000 nusxada, 1 mlrd so‘mlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portretlari ta’lim muassasalarga yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan 78 nomda 16922 nusxada beg‘araz badiiy va siyosiy kitoblar, “O‘zbekiston” matbaa ijodiy uyi nashriyoti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyeyovning “Qonun va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini bargalikda barpo etamiz, Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” 3 nomdagi 18 000 nusxadagi risolalari, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” nomli 10 qismda iborat plakatlar to‘plami 3000 nusxada  hamda “O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi Foto-albomi” 500 nusxada ta’lim muassasalariga hududiy boshqarmalar orqali  yetkazildi.

   2017 yilda qora metall chiqindilarini yanvar-noyabr oylarida davlatga topshirish rejalari 10800,9 tonna bo‘lib, amalda 10669,91 tonna (98,8%)ga, yillik reja (11712 tonna) 91,1 foizga bajarildi. Rangli metall topshirish yanvar-noyabr oylari rejasi 60414,4 kilogramm bo‘lib, amalda 45130 kilogramm (74,7%)ga, yillik reja (65698,7 kilogramm) esa 68,7 foizga bajarildi.

 3.   2017 yil Investitsiya dasturining bajarilishi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 apreldagi “Ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini 2017 yilda tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘isida”gi PQ-2873-sonli qarori asosida 10 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini 17,7 mlrd so‘mlik rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun mablag‘lar ajratildi.

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armasini boshqarish Kengashi majlisining 4-sonli bayon qarori bilan 2017 yilda qo‘shimcha ravishda 51 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini 44,5 mlrd so‘mlik rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun mablag‘lar ajratildi.

Jumladan, 17 ta rekonstruksiya qilish va 44 tasi mukammal ta’mirlash, jami ajratilgan mablag‘ 62,2 mlrd so‘m

Xozirda, ob’ektlarda 87 foiz moliyalashtirish hamda 94 foiz qurilish-montaj, ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Joriy yilning 30 noyabr holatiga respublika bo‘yicha 50 ta ob’ekt foydalanishga topshirilgan Qolgan 10 ta ob’ektdagi ishlarni joriy yilning dekabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.

Hududlar kesimida ishlarning borishi quyidagicha:

 Sirdaryo viloyati Baxt shahridagi maxsus o‘g‘il bolalar kasb-hunar kollejida 85 foiz ishlar bajarilgan.

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar kasb-hunar kollejida 98 foiz ishlar bajarilgan.

Xorazm viloyati Urgench qurilish kasb-hunar kollejida 70 foiz ishlari bajarilgan.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon xo‘jaligi kasb-hunar kolleji 71 foiz, Bekobod tumanidagi qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji 73 foiz, Oqqo‘rg‘on tumanidagi maishiy xizmat va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 68 foiz va Bekobod shahridagi yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida 71 foiz ishlar bajarilgan.

 Ob’ektlarda olib borilayotgan ishlar sur’ati talab darajasida emas.

Toshkent shahri Respublika Olimpiya zahiralari kolleji 56 foiz, Mirobod sanoat kasb-hunar kolleji 54 foiz, Mirzo Ulug‘bek geodeziya va kartografiya kasb-hunar kollejida 98 foiz ishlar bajarilgan.

Toshkent shahridagi 1 ta (Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi binosini rekonstruksiya qilish) ob’ekti foydalanishga topshirish muddati 2018 yilga rejalashtirilgan.

2017 yilda 151 ta ta’lim muassasasining gazda ishlaydigan va ma’nan eskirgan qozonlarini zamonaviy energo tejamkor qozonlarga almashtirish ishlari doirasida 719 dona qozonlar o‘rnatildi.

Joriy yilda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun 46070 ming tonna ko‘mir (23,4 ming tonnasi BPK markali va 22,6 ming tonnasi Briket markali) yoqilg‘isini jamlash rejalashtirilgan edi. Bugungi kunda 86% kumir mahsulotlari ta’lim muassasalariga yetkazildi.

Qolgan ta’lim muassasalarga ko‘mir yetqazib berish ishlari joriy yilning dekabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.

Investitsiyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlik borasida

Shveysariya Hukumati loyihasi. O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya konfederatsiyalari hukumati o‘rtasida 2015 yil 30 iyunda imzolangan bitim 4-fazasi doirasida 3,17 mln.AQSh dollari teng miqdordagi grant mablag‘lari hisobiga loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida muassasalarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarda markaz va tizimdagi mutaxassislarning faol ishtiroki ta’minlanmoqda. Xususan, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarining 5 nafar kollejlarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta’lim ustalari kasb malakalarini oshirish, yangi ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish amalga oshirilmoqda.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ). O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 10 iyuldagi 24/15-232-son topshirig‘i asosida joriy yilning 18-20 iyul kunlari Germaniya Federativ Respublikasining Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan moliyaviy va texnik hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo muzokaralar, savdo va investitsiyalar bo‘yicha 14-chi Hukumatlararo ishchi guruh yig‘ilishi va “Nemis biznesi uchun O‘zbekistonda yangi imkoniyatlar” mavzusida tashkil qilingan biznes-forumda O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi vakilining ishtiroki ta’minlandi. Muzokaralar jarayonida O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi va GIZ o‘rtasida 2017 yil 19 iyul kuni Memorandum imzolandi.

Memorandum ijrosi yuzasidan 2017 yil 25 sentyabrda GIZ vakillari bilan markazda uchrashuv o‘tkazildi va ushbu tashkilot bilan “Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim” dasturini 2018 yildan amalga oshirish yuzasidan bitim imzolashga kelishildi. Bugungi kunda bitim loyihasi ko‘rib chiqilib, imzolashga tayyorlandi.

Germaniya taraqqiyot banki. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 30 apreldagi “Germaniya Federativ Respublikasining imtiyozli kreditidan foydalangan holda «Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 852-son qarorida belgilangan grant mablag‘lari hisobidan loyiha doirasida jihozlangan kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis pedagog xodimlari malakasini oshirish o‘tkazilgan tender savdolari g‘olibi “FARG’ONA KOMMUNAL FUQARO QURILISH” MChJ bilan hamkorlikda 2017 yilning 9 yanvaridan 6 mayiga qadar seminar mashg‘ulotlari tashkil qilindi va 94 nafar pedagog va muhandis pedagog xodimlar malakasi oshirildi.

Yevropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamini muvofiqlashtirish byurosi. “Qishloq massivlarda bandlikni ta’minlash bo‘yicha kasb ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqining 2014-2020 yillarga mo‘ljallangan dasturi doirasida 15,0 mln.evro miqdoridagi grant hisobiga 2018-2022 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Komissiyasi missiyasi vakillari bilan 2017 yil 20 iyul, 8 noyabr kunlari uchrashuvlar o‘tkazildi va loyihaga O‘MKHT tizimi muassasalarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Koreya Respublikasi Hukumati. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasining 2004 yil 1 apreldagi 159-sonli “Koreya Respublikasi Hukumatining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun berilayotgan imtiyozli kreditidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2008 yil 31 iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (YeDSF) imtiyozli krediti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari asosida Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (EDCF) bilan hamkorlikda kasb-hunar kollejlarini o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Imtiyozli kredit summasi 27,0 mln.AQSh dollarini tashkil qiladi.

Bugungi kunda O‘MKHT Markazi va Koreyaning «Taeshin Gas and Welder Co. LTD» kompaniyasi o‘rtasida 2011 yil 10 mayda imzolangan №UZB-Z/Z-raqamli  shartnoma asosida keltirilgan 318 ta payvandlash transformatori (jami qiymati 1 857,4 mln.so‘m)ni modernizatsiya qilish uchun «Taeshin Gas and Welder Co., LTD» tomonidan jo‘natilgan jami 9 666 AQSh dollari bahosidagi ehtiyot qismlarni bojxona hududidan olib chiqish va ta’lim muassasalariga yetkazish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Xorijiy fuqarolarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qishini tashkil etish:

Chet el fuqarolarini respublikamizdagi ta’lim muassasalarida o‘qishlarini tashkil etish va ularni O‘zbekiston hududiga kirib-chiqishlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik davom ettirildi.

VM ning 169-qarori bo‘yicha 2017/2018 o‘quv yili uchun 761 nafar xorijiy fuqarolar o‘qishga qabul qilinib, bu o‘tgan o‘quv yilidagi ko‘rsatkichga nisbatan 162 % ni tashkil etdi (2016/2017 o‘quv yilida 471 nafar).

Ularning hujjatlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilindi, dastlabki ekspertizadan o‘tkazildi va to‘lov-kontraktlari belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi hamda ularni kirish-chiqish vizalarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bugungi kunda respublikamizning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan xorijiy fuqarolar soni 1 687 nafar (2016/2017 o‘quv yilida 1 384 nafar)ni tashkil etmoqda.

Xorijiy tashkilotlar, ularning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha:

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi 2017 yil davomida YuNYeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Germaniyaning DVV International tashkiloti, Britaniya kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa ta’lim fondi (YeTF), «Gyote instituti»ning O‘zbekistondagi filiali, Germaniyaning xorijdagi maktablar Markaziy boshqarmasining nemis tili bo‘yicha maslahatchi va koordinatori Byurosi (SfA), Koreya ta’lim markazi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan ta’lim va madaniy sohalarda turli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirdi.

 4. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili Davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Markazning 2017 yil 11 fevraldagi 50-sonli buyrug‘i qabul qilinib, mazkur buyruq bilan Markazining tarmoq dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Mazkur dastur 114-banddan iborat bo‘lib, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi 41 ta bandda hamkor ijrochi sifatida, 4 ta bandda esa asosiy ijrochi sifatida belgilangan.

Dastur ijrosi doimiy nazorat qilinib, tizimli ravishda monitoringi olib borilmoqda va tegishli tashkilotlarga ma’lumot kiritib borilmoqda.

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashi majlisining 2017 yil 26 apreldagi 70-sonli majlis bayoni va bayon bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida Markazining 2017 yil 2 maydagi 200-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Markaz dasturning asosiy ijrochisi etib 2-bandda, hamkor va tegishli ijrochi etib 60-bandda belgilangan. Ushbu buyruq bilan 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan tarmoq chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi va ijro uchun joylarga yetkazildi.

Dastur ijrosi doimiy nazorat qilinib, tizimli ravishda monitoringi olib borilmoqda va tegishli tashkilotlarga ma’lumot kiritib borilmoqda.

Tizimda o‘quvchilarning nazoratsiz va qarovsiz qolishining oldini olish, ularning darslarga muntazam qatnashishlarini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Jumladan, o‘quvchilar davomatini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-son Qarori bilan tasdiqlangan Dasturning 15-bandi hamda PQ-2833-sonli Qarorni amalga oshirish yuzasidan 2017 yil 3 aprelda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 19-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi, Ichki ishlar vazirliklari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda 2017 yil 28 aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining davomatini va dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishini o‘rganish tartibi to‘g‘risida”gi 30/QQ-sonli Qo‘shma Qarori qabul qilindi.

Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida 2017 yil 2 avgustda hamda 16 avgustda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda o‘quvchilarning davomatini 100 ta’minlashni zimmasiga olgan mahalla raislari, hududiy profilaktika inspektorlari, Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarining vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.

Shu sababli Qo‘shma qaror bilan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining davomatini va dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishini o‘rganish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”, doimiy harakatdagi Respublika idoralararo ishchi guruhi, hududiy, tuman (shahar) va mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ishchi guruhlarining namunaviy tarkibi hamda Hisobot shakli tasdiqlanib, ijro uchun hududiy boshqarmalarga yuborildi.

 2017 yil 16 mart kuni Markaz hamda Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 17-son Memorandum imzolandi.

O‘quvchi yoshlar ta’lim-tarbiyasini umumxalq ishiga aylantirish, bu borada keng jamoatchilikni jalb etish, yoshlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishining oldini olish maqsadida “Mahalla” va Ichki ishlar profilaktika noziri uchun jami 557 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan alohida xonalar ajratildi.

Ayni paytda tizimda 1 mln. 145 mingdan ortiqo‘ quvchi-yoshlar 46 ming 465 ta mikrouchastkalarga ajratilgan holda nazoratga olingan.

2017 yilning 10 oyi mobaynida:

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida 875 ta huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir etilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 230 taga (2016 yilda 1105 nafar) kamaydi;

184 nafar o‘quvchilar tomonidan o‘zjoniga qasd qilish holatlari sodir etilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 taga (2016 yilda 192 ta) kamaygan;

2638 nafar o‘quvchilar Ichki ishlar profilaktik ro‘yxatiga olingan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 900 nafarga (2016 yilda 3538 nafar) kamaygan;

3795 nafar o‘quvchilari jtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga olib kelingan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 579 taga (2016 yilda 4374 nafar) kamaygan;

Giyohvandlik bilan bog‘liq jami 8 ta jinoyatchilik sodir etilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 taga  (2016 yilda 15 nafar) kamaygan;

Ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan voyaga yetmagan o‘quvchi-qizlar tomonidan 15 ta holatda erta turmush qurish va erta tug‘ruq holatlari aniqlangan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan16 taga (2016 yilda 31 nafar) kamaygan.

O‘tgan davr mobaynida o‘quvchilar o‘rtasida suitsid va huquq buzarliklarning oldini olish yuzasidan IIB, imom-xatiblar, “Mahalla”, prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda 11 ming 781 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning100-bandi (Ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarining huquqiy bilimlari va savodxonligini yanada oshirish va mustahkamlashga qaratilgan «Siz qonunni bilasizmi?», «Konstitutsiya – baxtimiz poydevori» respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish) ijrosi yuzasidan Respublika ishchi guruhi yig‘ilishining 2017 yil 4 martdagi bayoni tasdiqlandi.

O‘tgan 2016 yilga (66 ming 960 nafar o‘quvchi) nisbatan 2017 yilda (80 ming 160 nafar o‘quvchi) mazkur tanlovga o‘quvchi-yoshlarning ishtiroki ortdi.

Tanlovning respublika bosqichi 2017 yil 14-16-iyul kunlari Samarqand shahrida, Samarqand san’at kollejining konsert zalida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus ijtimoiy iqtisodiyot kollejining “Istiqlol” jamoasi 1-o‘rinni; Jizzax viloyati Pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litseyining “Status” jamoasi 2-o‘rinni; Qashqadaryo viloyati Nishon sanoat-energetika kasb-hunar kollejining “Miranda” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

2017 yil 1 dekabr kuni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus Davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litseyi o‘quvchisi Lepesbayev Dauletbay 1-o‘rinni; Buxoro Soliq kolleji o‘quvchisi Baxtiyorov Otabek va Farg‘ona viloyati Qo‘qon pedagogika kolleji o‘quvchisi Mohigul Burxonova 2-o‘rinni; Samarqand viloyati Samarqand tayanch tibbiyot kollji o‘quvchisi M.Ikromova, Andijon viloyati Buloqboshi pedagogika ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji M.Raxmonova va Navoiy viloyati Qiziltepa agroservis va transport kasb-hunar kolleji o‘quvchisi D.Xolmatjonova 3-o‘rinni egalladi.

2017 yil 24 avgustda “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida tashkil etiladigan “Mustaqillik darslari”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 436-sonli hamda 451-sonli buyruqlaritayyorlandi va hududlarga yuborildi.

Markazning Axborot metodik ta’minlash xizmati tomonidan uslubiy qo‘llanma va targ‘ibot materiallari tayyorlandi.

An’anaga ko‘ra “Mustaqillik darslari” Yangi o‘quv yilining birinchi o‘n kunligida 6 soat (4 soat nazariy, 2 soat amaliy mashg‘ulot) hajmida ta’lim muassasalari ixtiyoriga ajratilgan soatlar hisobidan o‘tildi.

Hududiy boshqarmalar tomonidan viloyat hokimliklari bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘tkazilgan “Mustaqillik darslari”ga taniqli shoir va yozuvchilar, oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari, tashkilot va korxonalar rahbarlarining nomma-nom, ta’lim muassasalari kesimida biriktirildi.

 “Mustaqillik darslari”da vazirlik va idoralardan 20 nafar, viloyat va tuman (shahar) mahalliy xokimliklaridan 683 nafar, shoir va yozuvchi, olimlardan 145 nafar, Xotin-qizlar qo‘mitalaridan 348 nafar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqidan 677 nafar, mahallalardan 1460 nafar, Siyosiy partiya vakillaridan 333 nafar, yirik ishlab chiqarish korxona va tashkilotlardan 663 nafar, kasaba uyushmalaridan 379 nafar, huquq tartibot organlaridan1243 nafar, jami 6011 nafar davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

2017 yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 12 nafar o‘quvchi qizlari “Zulfiya” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish soxasida:

Joriy yilda umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitish bilan qamrab olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-2941-son qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan umumta’lim maktablarining 9-sinflarini tamomlagan jami 467019 nafar bitiruvchilar 122 ta akademik litsey, 1429 ta kasb-hunar kollejlari va 37 ta kasb-hunar kollejlarining filiallariga to‘liq qamrab olish rejalashtirildi.

2017/2018 o‘quv yilida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish rejasi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 20 maydagi 1-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlandi.

2017/2018 o‘quv yili boshida jami 1036 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (103 ta akademik litsey va 933 ta kasb-hunar kolleji)da 1-kursga o‘quvchilar qabuli shakllandi. 515 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (19 ta akademik litsey va 496 ta kasb-hunar kolleji)da 1-kursga o‘quvchilar qabuli shakllanmadi.

Joriy yilning 15 avgust kuni 9-sinf bitiruvchilardan tushgan arizalar soni akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining qabul kvotalaridan yuqori bo‘lgan 155 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (26 ta akademik litsey va 129 tasi kasb-hunar kollejlari)da saralash test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazildi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga saralash test sinovlarida 36925 nafar o‘quvchi o‘rni uchun jami 108705 nafar abituriyentlar ishtirok etdi.

O‘tkazilgan saralash test sinovlari natijalariga muvofiq 70 ming nafardan ortiq 9-sinf bitiruvchilari yetarli ball to‘plab olmaganligi sababli o‘quvchilar va ularning ota-onalari xohish istaklariga muvofiq umumta’lim maktablarining 10-sinflariga yoki boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘tkazildi.

Bugungi kunda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida joriy yilda 9-sinflarni tamomlagan 177660 nafar (jami 9-sinf bitiruvchilarining 38,0%i) o‘quvchilar ta’lim olmoqda.

Kasb-hunar kollejlarini vazirlik va idoralarga biriktirish:

2017 yil mobaynida qabul qilingan qarorlar bilan iqtisodiyotning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash maqsadida bir qator kasb-hunar kollejlari tarmoq vazirlik va qo‘mitalariga biriktirildi.

Xususan, joriy yilning 1 avgust holatiga 132 ta kollej Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga (2017 yil 24 maydagi PQ-3003-sonli Qaror);

27 ta kollej O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga (2017 yil 11 maydagi PQ-2966-sonli Qaror);

29 tasi harbiy ta’lim muassasalariga kadr tayyorlash uchun Mudofaa vazirligiga (2017.24.01dagi PQ-2738-sonli Qaror);

15 ta kollej Yong‘in xavfsizligi tizimiga (2017 yil 23 maydagi PQ-2991-sonli Qaror), 4 ta kollej Favqulotda vaziyatlar vazirligiga (2017 yil 2 iyundagi PQ-3030-sonli Qaror);

14 ta kollej Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga (2017 yil 1 maydagi PF-5030-sonli Farmon);

4 ta kollej Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga (2017 14.02. dagi PQ-2779-sonli Qaror);

6 ta kollej Davlat geologiya qo‘mitasiga (2017.24.05dagi PQ-3004-sonli Qaror) biriktirildi.

12 ta akademik litsey va 2 ta kasb-hunar kollejlari Ichki ishlar vazirligi tasarrufiga berildi (2017 yil 16.08 dagi PQ-3216-son qaror).

Yangi tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar (G‘ijduvon, Urgut, Hazorasp, Qo‘qon) uchun 1 tadan, jami 4 ta kollej istiqbolda zarur bo‘ladigan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida biriktirildi.

2017/2018 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida 10-11-sinflar joriy etilishi, kontingent qisqarishi munosabati bilan 7 ta kollej va akademik litseylar negizida yangi 3 ta oliy ta’lim muassasalari filiali va 1 ta Oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi (Buxoroda Irrigatsiya instituti, Termizda Toshkent agrar va texnika universitetlari filiallari, Chirchiqda Toshkent viloyati pedagogika instituti, Olmaliqda Texnika universiteti va Qo‘qonda madaniyat instituti filiali).

Toshkent shahrida joylashgan matbaa yo‘nalishidagi 2 ta kasb-hunar kolleji birlashtirilib, Chilonzor matbaa kasb-hunar kolleji binosida Ta’lim sifatini nazorat qiluvchi inspeksiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 6 oktyabr “Kasb-hunar ta’limning kelgusidagi istiqboli va oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga test sinovlari o‘tkazish mexanizmini takomillashtirish masalalari haqida”gi (ro‘yxatga olingan raqami 2017 yil 10 oktyabrdagi 12837-xh) yig‘ilishida berilgan hamda 2017 yil 18 oktyabrdagi “9-sinf bitiruvchilarini 11 yillik ta’lim bilan to‘liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlarida kadrlarni maqsadli tayyorlash, ularning sonini maqbullashtirish, faoliyatini davom ettiradigan kasb-hunar kollejlarini hududdagi korxona va tashkilotlarga biriktirish” yuzasidan berilgan topshiriq (ro‘yxatga olingan raqami 2017 yil 18 oktyabrdagi 13241-xh) ijrosini ta’minlash maqsadida Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda “Kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlandi. Qaror loyihasi reglamentga muvofiq mutasaddi vazirlik va idorlar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Jami 1429 ta kasb-hunar kollejlari, 37 ta kollej filiallari inventarizatsiyadan o‘tkazildi, vazirlik, idoralardan kasb-hunar kollejlarini tasarrufiga olish yuzasidan takliflari umumlashtirildi.

Natijada, 260 ta kasb-hunar kollejlarini 41 ta vazirlik va idoralar tasarrufida qoldirish, 39 ta kasb-hunar kollejlarini ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga aylantirish va qolgan 1130 ta kasb-hunar kollejlari va 37 ta kollej filiallarini 2018-2020 yillarda o‘quv ishlab chiqarish majmuasi sifatida yoki umumta’lim maktabi, oliy ta’lim muassasasiga qo‘shimcha quvvat sifatida berilishi yuzasidan taklif tayyorlandi.

11-sinf hajmi bo‘yicha kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilar qabul qilishga tayyorgarlik bo‘yicha:

2017 yil davomida kasb-hunar kollejlariga ikkinchi va undan keyingi o‘rta maxsus ma’lumot uchun qabul jarayoni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayonlariga muvofiq 2 marta amalga oshirildi. Ya’ni, 2017 yilning yanvar oyidan boshlab 252 ta kasb-hunar kollejlarida jami 31913 nafar o‘quvchilar to‘lov shartnoma asosida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 9 oktyabrdagi 01-07/1-987-sonli majlis bayoni asosida 2017 yilning 20 oktyabridan 15 noyabriga qadar (tibbiyot kollejlarida 1 noyabriga qadar) jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan buyurtmalar asosida kasb-hunar kollejlarining kadrlar tayyorlanayotgan kasblari bo‘yicha ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasini inobatga olib o‘qitishni 2 smenadan oshmasligini ta’minlagan holda umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega 27087 nafar shaxslar to‘lov-shartnoma asosida qabul qilindi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan vazirlik, idoralar, tarmoqlarning kelgusida 5 yil hamda 10 yilda o‘rta maxsus ma’lumotga ega shaxslarga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2017 yilda oxirgi bosqich o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashini tashkil etish va keyinchalik egallagan mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishiga ko‘maklashish uchun ularni aniq korxonalarga biriktirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 52-son qaroriga qat’iy muvofiqlashtirgan holda ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Kompleks chora-tadbirlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2016/2017 o‘quv yilidagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini amaliyotini samarali tashkil etish va kelgusida egallagan mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirishga ko‘maklashish doirasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Respublika iqtisodiy kompleksidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi mexanizm bo‘yicha 1410 ta kollejning 456,8 ming bitiruvchisiga Iqtisodiyot kompleksidagi tashkilotlardan viloyat darajasidagi 1,4 mingta va tuman darajasidagi 74 ming nafar mas’ul xodimlar biriktirilib, o‘rtacha bitta mas’ulga 6-7 nafar kollej bitiruvchisi to‘g‘ri keladi.

Joriy o‘quv yilidagi 456,8 ming nafar bitiruvchilardan 454,1 ming nafari (99,4%) va 233,3 mingta korxona va tashkilotlar o‘rtasida to‘rt tomonlama shartnomalar tuzildi.

Bitiruvchilarning 435750 nafari (95,4%)ga soliq to‘lovchilarning indentifikatsion raqami (STIR) guvohnomalari va 429873 nafari (94,1%)ga shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalari (INPS) ochilgan.

Respublika hududlarida tayanch kasb-hunar kollejlarida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun ko‘maklashish maqsadida joriy yilning 5-17 aprel kunlari 300 ta kasb-hunar kollejlarida yarmarkalar tashkil etildi va barcha bitiruvchilar jalb qilindi.

Joriy 2017 yil davomida kasb–hunar kollejlarini bitirgan yoshlarga belgilangan tartibda tijorat banklari tomonidan 360 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘lar ajratilishi rejalashtirildi.

2017 yilning 5 dekabr holatiga 456,8 ming bitiruvchilardan 271,5 ming nafar, ya’ni 59,5% bitiruvchilarning bandligi ta’minlandi, hamda bitiruvchilar orasidan o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlardan 8,3 ming nafariga tijorat banklari tomonidan 57,4 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

5. Boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida – 90 647 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritib, shundan ta’lim ustalari 16 782 nafar (18,5%)ni tashkil etadi.

Pedagog kadrlarning 813 nafar (0,9%) bosh o‘qituvchi, 3005 nafar (3,3%) yetakchi o‘qituvchi, 11068 nafar (12,2%) katta o‘qituvchi hamda qolgan 75 761 nafari (83,6%) toifasiz o‘qituvchilar.

2017 yilda 23328 nafar o‘qituvchilar malakasini oshirishi,1525 nafarini qayta tayyorlash rejalashtirilgan (jami 7.8 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratilgan). Amalda, 2017 yil davomida 22410 nafar (96,1%) pedagog kadrlar malakasi oshirildi va 1492 nafari (98%) pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tkazildi.

Joriy yilda o‘qituvchilar faoliyatini yangicha baholash tizimini joriy etish orqali 36416 nafar o‘qituvchilar attestatsiyasi tashkil etildi va ularga tegishli malaka toifalari joriy etildi.

Direktor lavozimi vakant bo‘lgan ta’lim muassasalariga joriy yilda 224 ta ta’lim muassasasiga direktorlar tayinlandi.

O‘MKHT tizimidagi istiqbolli yosh, boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lgan, talabchan kadrlar tarkibidan 75 nafari kadrlar zahirasi maqsadli o‘quv kurslarida o‘qitildi.

Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish va ta’lim yo‘nalishlarini birxillashtirish borasida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining joriy yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari, Akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlarining davlat namunalari tasdiqlandi.

Joriy yildan boshlab o‘quv-me’yoriy hujjatlarga quyidagi yangiliklar kiritildi:

– umumta’lim fanlari soni optimallashtirildi. Ona tili va adabiyot fani bilan Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish fanlari birlashtirilishi hisobidan fanlar soni 20 tadan 18 taga tushirildi.

Umumta’lim fanlariga ajratilgan jami 2010 soat 1960 soatga tushirilib, iqtisod qilingan 30 soati akademik litseylarda chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlar blokiga, kasb-hunar kollejlarida esa kasbiy fanlar blokidagi soatlar hajmiga qo‘shilib 1000 soatdan 1030 soatga oshirildi, 20 soati esa ta’lim muassasalari ixtiyoridagi soatlarga kiritildi.

Akademik litseylarda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlarni o‘qitish sifatini oshirish maqsadida 2 ta kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitishga ruxsat berildi.

Kasb-hunar kollejlarining kasblar bo‘yicha tarmoq ta’lim standartlari o‘rniga yangi turdagi malaka talablarini ishlab chiqish belgilandi.

Shuningdek, mazkur qaror ijrosi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borildi.

2017 yil 10 apreldagi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining “Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlarini ishlab chiqadigan ijodiy ishchi guruhlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qo‘shma burug‘i asosida yangi turdagi davlat ta’lim standartlariga asoslangan o‘quv me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga joriy etish uchun  18 ta Ishchi guruhi  tashkil etildi.

Ishchi guruhlar tomonidan umumta’lim fanlarining kompetensiyaviy yondashuvi asosida 18 ta umumta’lim va akademik litseylarda 42 ta chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlarning o‘quv dasturlari  ishlab chiqildi.

Umumta’lim fanlarining malaka talablariga asosan 2017/2018 o‘quv yilidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muasasalarida o‘qitiladigan 18 ta umumta’lim fanlarining namunaviy o‘quv dasturlari ishlab chiqilib Oliy va o‘rta maxsus, ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i bilan tasdiqlandi.

Kasb-hunar kollejlarining 242 ta kasblar bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda 144 ta Ishchi guruhlar tuzildi va bu ishchi guruhlar o‘zlariga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha malaka talablari, namunaviy o‘quv rejalar va kasbiy fanlarning o‘quv dasturlarini qayta ishlab chiqdi.

Barcha kasblar bo‘yicha yangi tahrirdagi malaka talablari, namunaviy o‘quv rejalari hamda kasbiy fanlarning o‘quv dasturlari tayyor holatga keltirildi.

Bundan tashqari Prezidenti qaror va farmonlari asosida yangi o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlarida bir nechta yangi kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, Favqulotda vaziyatlar sohasi uchun Qutqaruvchi, Ichki ishlar sohasi uchun Yong‘in xavfsizligi texnigi yangi kasblari ochildi va o‘quv me’yoriy xujjatlari soha vazirliklari bilan birgalikda tayyorlandi.

Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi sohasi uchun “O‘rmon xo‘jaligi texnigi”, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun “Qishloq xo‘jaligi texnikalariga servis xizmat ko‘rsatish”, “Ixtiolog”, avtotransport va avtomobil yo‘llari yo‘nalishlari, issiqlik energetikasi kabi qator yo‘nalishlarda o‘quv me’yoriy xujjatlari tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qaytadan ko‘rib chiqildi.

Kasblar bo‘yicha malaka talablari va kasbiy fanlarning o‘quv dasturlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2017 yil 18 avgustdagi majlisida tasdiqlash uchun tavsiya etildi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash xulosasiga ko‘ra 242 ta kasbning malaka talabi va 1,5 mingdan ortiq kasbiy fanlarning namunaviy o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi “O‘quv-uslubiy xujjatlarni tasdiqlash hamda o‘quv adabiyotlarni chop etishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi 603-son buyrug‘i bilan tasdiqlandi.

242 ta kasblarning malaka talablari va kasbiy fanlarning o‘quv dasturlari jamlanib O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining saytiga joylashtirish uchun tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-son qarori asosida akademik litseylarning o‘quv reja va malaka talablari hamda chuqurlashtirilgan fan dasturlari qayta ko‘rib chiqildi va takomillashtirilgan holda 2017 yil 23 noyabrda o‘tkazilgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashida muhokama qilinib tasdiqqa tavsiya qilindi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi 14 ta akademik litseyning malaka talabi, o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi hamda joriy yil 25 sentyabrda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 47/72-QQ-sonli qo‘shma qaror bilan tasdiqlandi va ta’lim jarayoniga tadbiq qilindi.

Axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish borasida

O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini 2013-2020 yillarda rivojlantirish Kompleks dasturini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2014 yil 30 dekabrdagi 5-son bayoni ijrosi yuzasidan Elektron hukumatni rivojlanishi reytingida “Elektron xizmatlar” subindeks ko‘rsatgichlarini takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan Idoralararo ishchi guruhining 2015 yil 23 fevraldagi 2-son bayonida belgilangan vazifalarni va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 27 fevraldagi 69-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan Markaz tomonidan “Ochiq ma’lumotlar” bazasiga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ro‘yhati mashina o‘qiydigan formatda qayta ishlandi va “Ochiq ma’lumotlar” bazasiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-191-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 dekabrdagi “ZiyoNet” axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 282-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi “«ZiyoNET» ta’lim axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 198-sonli qarorlarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassaslarida to‘laqonli ijrosini ta’minlash maqsadida hozirgi kundagi mavjud 1592 ta ta’lim muassasalaridan 1592 tasi (512 kb/sekund-2,0MB/sekund oralig‘ida) “ZiyoNet” axborot tarmog‘iga ulangan.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining rasmiy veb-sayti (www.markaz.uz) da alohida interaktiv xizmatlar bloki tashkil etilgan. Unda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, hududiy boshqarmalar, kasb va mutaxassisliklar ro‘yhati, bo‘sh ish o‘rinlari, qayta aloqa, elektron pochta, onlayn qabulxona, vertual qabul ma’lumotlar bazasi kabilar kiritildi.

Markaz veb-sayti domenida to‘rt mingdan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘lgan markaz xodimlari, hududiy boshqarmalar va barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mail.markaz.uz ximoyalangan elektron pochta tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumining 2014 yil 20 oktyabrdagi №56 va №56a sonli yig‘ilish bayonlariga asosan “Ijro intizomi” tizimining Respublika bo‘yicha to‘liq joriy etilishi belgilab qo‘yilgan.

“Ijro intizomi” idoralararo axborot tizimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari, Idoraviy metrologik nazorat xizmati, Axborot-metodik ta’minlash xizmati, O‘MKXTTKMO va UQT institutiga joriy yilning boshidan GERMES elektron xujjat aylanish dasturi o‘rnatildi. Bundan tashqari markaz, tasarrufdagi tashkilotlar va xududiy boshqarmalar uchun ijro.gov.uz idoralararo axborot almashinuv tizimidan keng foydalanib kelinmoqda. Joriy yilning
15 dekabridan boshlab tizimdagi barcha ta’lim muassasalar uchun docent.uz elektron axborot almashinuvi sinovdan o‘tkaziladi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishni yanada kuchaytirish, har bir o‘quvchi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish, ularni Respublika, hududlar va ta’lim muassasalar miqiyosida tahlil etish imkoniyatini kengaytirish maqsadida  axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari davomatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan “Onlayn” tizimini ent.uz axborot tizimi ishga tushurildi.

Shuningdek, individual nazoratda turuvchi o‘quvchilar monitoringini olib boruvchi yangi tizim ham ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur tizim entmarkaz.uz internet manziliga joylashtirilgan holda joriy etilgan.

Axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bulimi tomonidan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha elektron axborot ta’lim resurslari, o‘quv metodik majmualar (fan bo‘yicha ma’ruza matnlari, taqdimot materiallari, dars ishlanmalari va boshqalar)ni o‘z ichiga olgan www.lib.markaz.uz “Elektron kutubxona” axborot resursi ishlab chiqildi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida internet tarmog‘ida doimiy yangilab boriladigan “Elektron o‘quv mashg‘ulotlari jurnali”ni ishlab chiqilib smart-edu.uz veb-sahifasida joylashtirildi.

Onlayn tizimni joriy etish uchun ta’lim muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha texnik imkoniyatlari o‘rganib chiqildi. Onlayn dasturlari uchun zarur bo‘ladigan “VPN” ximoyalangan axborotlar uzatish kanalini tashkil etish uchun VPN” ximoyalangan axborotlar uzatish kanalidan o‘tuvchi ma’lumotlar xisobga olgan xolatda har bir ta’lim muassasasiga 1024 Kbit/s tezlik tasdiqlandi. “VPN” ximoyalangan axborotlar uzatish kanaliga  ulash ishlari yakuniga yetkazildi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Yuneskoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan xamkorlikda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasini takomillashtirish va ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etildi. Seminarda Respublikamizda joylashgan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalaridan qatnashgan  400 dan ortiq maxsus fan o‘qituvchilariga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi.

2017 yil 23-25 may kunlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, tizimdagi tashkilotlar, Toshkent viloyati va shahar boshqarmalari apparat xodimlari jami 150 dan ortiq xodimlari kompyuter savodxonligi bo‘yicha KSBT va KSBT+ bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazildi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari orasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni bandligini ta’minlash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning AKT foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 16-20 may kunlari “Eng yaxshi mutaxassis”   va “Eng yaxshi biznes loyiha” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 53 dona kompyuterlari va 5 dona serveriga litsenziyaga ega antivirus dasturlari  shartnoma asosida xarid qilindi. Bugungi kunga kelib markazning barcha kompyuterlariga litsenzion antivirus dasturlari va Windows operatsion tizimlari o‘rnatildi. Bundan tashqari 20 ta zamonaviy kompyuter qo‘rilmalari bilan markaz axborot texnologiyalari infratuzulmasi yangilandi.

2017 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlarini O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatida joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi manzilli dastur ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususun, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 avgustdagi 11-10-son topshirig‘ida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazida elektron hujjat aylanish tizimi ishlab chiqilgan va uning barcha idoraviy tashkilotlarida 2016 yildan “Germes” elektron hujjat aylanish va har kunlik 5 ta Kartoteka  yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, joriy yilning 1 dekabr holatiga har haftada o‘tkaziladigan Markaz apparat yig‘ilishida, Hay’at majlislarida ijro intizomi ahvoli muhokama etib borilgan 2017 yil  1 dekabr holatiga esa 2 nafar mas’ul xodimlarga nisbatan ijro intizomini buzganlik uchun intizomiy choralari qo‘llanilgan.

Joriy yil 11 oyida Nazorat guruhi tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi va hujjatlar bilan ishlash, ijro nazoratini tizimli tashkil etish borasida Namangan, Andijon, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari O‘MKXT hududiy boshqarmalariga amaliy yordam ko‘rsatildi.

2017 yilning 1 dekabr holatiga jami 8113 ta hujjat, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasidan 117 ta hujjat, O‘zbekiston Respublikasi qonuni 3 ta, O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti formoni 52 ta, 154 ta qaror,
152 ta boshqa topshiriqlar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan jami 1328 ta hujjat kelib tushgan,  shundan 159 ta qaror, 44 ta farmoyish, 264 ta majlis bayonlari va 861 ta VM xat va xujjatlar kelgan,  boshqa vazirlik va idoralar hamda tashkilotlardan 6307 ta hujjat kelib tushgan. 2016 yilning 11 oyi holatiga esa 3041 ta hujjat kelib tushgan. Joriy yilning 11 oyi holatiga esa 3266 ta yoki (51.7%) ko‘paygan.

Markazning quyi tarkibiy bo‘linmalardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2009 yil 29 avgustdagi 11-10-sonli “Tartib” ijrosi bo‘yicha 1 va 2 jadvallar asosida oylik hisobotlarni qabul qilish amaliyoti shakllantirildi, hisobotlarni tahlil qilish, joylarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq amaliy tavsiyalar berildi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida 2017 yilning shu davrida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi devonxonasida 899 ta yozma va 855 ta og‘zaki murojaatlar ro‘yxatga olindi. 2016 yilning 11 oyi davomida esa Markazga jami 2904 ta yozma va 431 ta og‘zaki murojaatlar ro‘yxatga olingan.

Alohida ta’kidlash kerakki, Markazga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yozma murojaatlar soni 1005 ta yoki (34,06%) kamaydi.

Shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning 389 ta elektron murojaatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 ta yoki (3,3%) kamaydi.

Markazda murojaatlar bilan ishlash tizimi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi tashkil etilganidan buyon 2017 yil 1 dekabrga qadar jami 6227 ta murojaat kelib tushgan. Jumladan, 2016 yil (sentabr-dekabr) davomida 1710 ta murojaat, 2017 yilning yanvar-noyabr oylarida esa 4517 ta murojaatga to‘g‘ri keladi.

2017 yilning 1 dekabriga qadar kelib tushgan 6227 ta murojaatning 1072 tasi (16,8%) qanoatlantirilgan, 4804 tasiga tushuntirish berilgan, 219 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 36  tasiga esa rad javobi berilgan, qolgan 96 tasi o‘rganish jarayonida.

2016 yilning oktabr oyida 655 ta, noyabr oyida 773 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlarni Prezidentning virtual qabulxonasigacha olib chiqmaslik, har bir murojaatlarni o‘z joyida hal etish borasida olib borilgan ishlar natijasida 2017 yilning huddiy shu oylarida esa oktabr oyida 364 ta, noyabr oyida 256 ta murojaatlar kelib tushganligidan  murojaatlar sonini o‘tgan yilga nisbatan keskin kamayganini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tizimiga kelib tushgan murojaatlarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hamda lavozim vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan 86 nafar mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Jumladan, Markaz mas’ul xodimlarining 4 nafari, ta kollej direktori, 16 nafar direktor o‘rinbosarlari, 49 nafar o‘qituvchi-xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi sifatida “Hayfsan” e’lon qilindi, 8 nafar kollej xodimlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Aholi va tadbirkorlar tomonidan murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasigacha olib chiqmaslik maqsadida o‘zlarining veb-saytlari va tizimdagi ishonch telefonlari orqali murojaat qilish tizimini tubdan yaxshilandi. Markazning ishonch 1006(2) telefoni orqali tushgan murojaatlar statistikasi bo‘yicha 2016 yilning 11 oyida 402 tani, joriy yilning 11 oyi davomida esa 257 tani tashkil etadi. 145 taga yoki (37.1%) kamaygan.

O‘quv jarayonini takomillashtirish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida

“O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi chet tili o‘qituvchilarining xalqaro standartlarga mos turli darajadagi malakalarga erishish” mavzusi doirasida TFT  (Teacher’s Foundation Test – o‘qituvchilarning bazaviy darajasi) darajadagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi chet tillari o‘qituvchilari uchun 2017 yildavomida 8 ta Respublika seminarlari tashkil etildi. Mazkur seminar mashg‘ulotlarida jami 796 nafar o‘qituvchilar ishtirok etdi va malakalarini oshirdi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari chet tili o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovi tashkil etildi. Tanlovning saralash bosqichlarida 400 nafarga yaqin ingliz, nemis va fransuz tili o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Tanlovning Respublika bosqichi 19-20 may kunlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida o‘tkazildi.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadasining IV bosqichi 2017 yil 31 may-3 iyun kunlari 14 ta umumta’lim fanlaridan 343 nafar eng iqtidorli va bilimli o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazildi. IV bosqich yakuniga ko‘ra, jami 15 ta fandan 34 nafar g‘olib o‘quvchilar aniqlandi (13 nafar 1-o‘rin, 11 nafar 2-o‘rin va 10 nafar 3-o‘rin).

Xalqaro fan olimpiadalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi jamoalari matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlari bo‘yicha eng nufuzli olimpiadalarda ishtiroki ta’minlandi.

2017 yil 12-18 yanvar kunlari matematika, fizika va informatika fanlaridan 13-xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘quvchilarimiz 1 ta kumush (matematika), 2 ta bronza (fizika va informatika) medallarini qo‘lga kiritdi.

2017 yil 23-29 aprel kunlari kimyo fanidan 51-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan o‘quvchilardan 3 nafari bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

2017 yil 6-15 iyul kunlari kimyo fanidan 49-xalqaro olimpiadada ishtirok etgan o‘quvchilardan 2 nafari bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

2017 yil 12-23 iyul kunlari matematika fanidan 58-xalqaro olimpiadada ishtirok etgan o‘quvchilardan 1 nafari kumush medalini qo‘lga kiritdi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini Axborot-metodik ta’minlash borasida

Umumta’lim fanlarini takomillashtirish bo‘yicha xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Umumta’lim fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari qayta ko‘rib chiqildi, hamda jahon tajribasi asosida A1, A1+, V1, V1+ shaklida to‘liq yangilanib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Ishchi guruhlar tuzilib, barcha kitoblar inventarizatsiyadan o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida darslik va o‘quv qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlandi va hududiy boshqarmalar buyurtmalari asosida 2017 yilda nashr etilishi zarur bo‘lgan 260 nomdagi 534 448 nusxada nashr etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar kiritildi.

Rejalashtirilgan 128 nomda o‘quv adabiyotdan 86 ta (67%)si bo‘yicha mualliflar bilan shartnoma imzolangan, 47 nomdagi (48%) o‘quv qo‘llanmalar yaratilib Muvofiqlashtiruvchi Kengash qarori bilan nashrga tavsiya etildi. 10 nomdagi o‘quv qo‘llanmalar Muvofiqlashtiruvchi kengashda tasdiqlash uchun  taqdim etildi, 29 nomdagi (21%) o‘quv qo‘llanmalar mualliflar tomonidan tayyorlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi hamda Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi 529-qarorining belgilangan bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida shu yo‘nalishdagi namunaviy o‘quv reja va o‘quv dasturlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Tasdiqlangan o‘quv reja va o‘quv dasturlar asosida “Tarixiy geologiya va regional geologiya asoslari”,  “Izlashning geoximiyaviy usullari” nomli o‘quv qo‘llanmalar yaratilib nashrga tavsiya etildi.

Ixtiolog kasbi yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv reja va o‘quv dastur asosida “Baliqchilik xo‘jaligini tashkil etishning huquqiy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilib, nashrga tavsiya etildi.

Uy sharoitida tomorqa xo‘jaligida yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish hamda baliqchilik , asalarichilik, qurilish va oshpazlik yo‘nalishi bo‘yicha qo‘llanmalar (23 ta), infografikalar(129 ta), plakatlar (16 ta) tayyorlandi.