Tender savdolari o’tkazilishi bo’yicha e’lon

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

   “Xalq so’zi” gazetasining 2016 yil 23 avgustdagi № 163 (6598) soni hamda “Народное слово” gazetasining 2016 yil 24 avgustdagi № 164 (6569) sonida 2016 yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun kompyuter va multimediya texnikalari hamda o’quv ishlab chiqarish ustaxonalariga uskuna va dastgohlar xarid qilish hamda ta’lim muassasalariga o’rnatish bo’yicha tender savdolari o’tkazilishi to’g’risida berilgan e’longa muvofiq quyidagi lotlar bo’yicha tender takliflarini taqdim etish muddatini joriy yilning 14 oktyabriga qadar uzaytirilganligini e’lon qiladi.

Lot № 1. Chet tili xonasi uchun kompyuter va multimediya texnikalari

Lot № 2. Kompyuter va ofis jihozlarini ta’mirlash va sozlash

Lot № 3. Tikuvchilik ishi

Lot № 6. Dastgohlarda ishlash

Lot № 9. Elektr tarmoq tizimini ta’mirlash, montaj qilish va jihozlariga xizmat ko’rsatish

Lot № 10. Avtomatlashtirilgan uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish

Lot № 14. Pardozlash ishi

Tender hujjatlari paketini sotib olish istagida bo’lgan talabgorlar ishchi organning quyidagi mahsus hisob raqamiga har bir lot uchun alohida 650 000 (olti yuz ellik ming) so’m miqdorida qaytarib berilmaydigan to’lovni amalga oshirishlari shart: O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining rekvizitlari:

Moliya vazirligi G’aznachiligi :  h/r: 2340 2000 3001 0000 1010,

sh/xv: 400 1108602628079501 0002 8001

XKKM Markaziy bank Bosh boshqarmasi,

MFO: 00014, OKONX: 92120,

INN G’aznachilik 201 122 919, INN O’MKXT Markazi 202 515 618

100095, Toshkent shahri, 2-Chimboy ko’chasi, 96 uy – Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi.

Tel: (0-371) 246-12-40, Faks: (0-371) 246-12-74.

E-mail: sspo_taminot@markaz.uz

Shuningdek, qo’shimcha ma’lumotlarni hamda xarid qilinayotgan mahsulotlarning eng yuqori narxlari haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni e’lon chiqqan kundan boshlab O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi www.markaz.uz elektron saytidan olishlari mumkin.

Tender takliflari Tender komissiyaning Ishchi organiga (xaftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) yuqorida ko’rsatilgan manzil bo’yicha 2016 yil 14 oktyabr soat 18:00 dan kechikmasdan taqdim etilishi lozim.

Tender takliflari (konvertlar)ning ochilishi Tender komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bu haqda ishchi organi tomonidan talabgorlarga xabar yuboriladi. Tender takliflari (konvertlar) ochilishida talabgorlar vakillari ishtirok etishlari mumkin.