“Yuksak ma’naviyatli yoshlar qiyofasini shakllantirishda psixologlarning roli” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

glav

       Joriy yilning 28 oktyabr kuni Urganch davlat universiteti qoshidagi  2- son akademik litseyida “Yuksak ma’naviyatli yoshlar qiyofasini shakllantirishda psixologlarning roli”  mavzusidagi o’quv amaliy seminari tashkil etildi. Seminarga viloyatdagi barcha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi akademik-litsey va kasb-hunar kollejlarining ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari, amaliy psixologlari hamda oila psixologiyasi o’qituvchilaridan iborat 210 nafar ishtirokchilar qamrab olindi.

    Mavzu yuzasidan yalpi yig’ilishda ma’ruzalar tinglandi va sho’ba yig’ilishdarida psixologlar va ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining ilg’or ish tajribalari ommalashtirildi.

   Tadbir yakunida o’quv amaliy seminari ishtirokchilariga mavzu yuzasidan amaliyotda foydalanish uchun materiallar tarqatildi.


glav

2