Quvnoqlar va zukkolar

quvnolar

2016 yilning 27 fevral kuni “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining respublika final bosqichi o‘tkazildi

Yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014 yil 1 apreldagi Qo‘shma Qaroriga asosan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.
2015 yilda “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining quyi bosqichlarida jami 1429 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishtirok etdi.
2016 yilning 27 fevral kuni “Kamolot” yoshlar ijod saroyi”da “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining respublika final bosqichi o‘tkazildi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra:
– Surxondaryo viloyati, Termiz olimpiya zaxiralari kollejining “Shum bolalar” jamoasi 1-o‘rinni;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay qishloq ho‘jalik kasb-hunar kollejining “Chavandoz”jamoasi 2-o‘rinni;
– Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani transport va iqtisodiyot kollejining “Intelligent” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining final bellashuvi yakunida jamoalar “Eng quvnoq yigit”, “Eng quvnoq qiz”, “Eng yaxshi “Tashrif” sharti”, “Eng yaxshi “Qisqa hazillar” sharti, “Eng yaxshi “Musiqali chiqish” sharti” va “Eng yaxshi “Vatan madhi” sharti” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar.
Respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari sertifikat, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.