Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash

tt

“Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq joriy yilning 1 aprel kunidan boshlab Davlat test markazining http://nsfla.uz/ sayti orqali test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan chet tillari o‘qituvchilaridan arizalar qabul kilinishi boshlandi. Arizalar 1 may kuniga qadar qabul qilinadi.
Chet tillari o‘qituvchilarining oylik maoshiga ustama haq belgilash bo‘yicha test sinovi joriy yilning may-iyun oylarida o‘tkaziladi.
Test sinovi haqida ma’lumotlar (test topshirish tartibi, test topshiriqlarining tuzulishi, test topshiruvchi o‘qituvchilarga uslubiy qo‘llanma va h.k.) Davlat test markazining http://nsfla.uz/ saytida batafsil berilgan.