Kollejdan korxonaga

19

Nukus temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejida bitiruvchilar bandligini ta’minlashga doimiy e’tibor qaratiladi.

Mamlakatimiz temir yo‘l tarmog‘i uchun o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlaydigan ushbu ta’lim maskanida yaratilgan zamonaviy sharoit, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosidagi mashg‘ulotlar ta’lim samaradorligiga xizmat qilmoqda. Bo‘lg‘usi mutaxassislar kollej ustaxonasida, hamkor tashkilot va korxonalarda nazariy bilimini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlayotir.

Joriy o‘quv yilida kollejni 255 nafar o‘quvchi tamomlaydi, hududdagi transport, sanoat va qurilish korxonalari bilan tuzilgan uch tomonlama shartnomalarga ko‘ra, ular ta’limdan so‘ng doimiy ish joyiga ega bo‘ladi.