Xalqaro hamkorlik

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida 2016 yilda xorijiy tashkilotlar, ularning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot

Britaniya Kengashi bilan 2016 yil 27 yanvar kuni Yevropa Ta’lim Fondi Britaniya Kengashi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida “Ta’lim va biznes o‘rtasida hamkorlik: Ko‘nikmalar va ish bilan ta’minlash” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Mazkur konferensiyada Markazning tegishli boshqarmalari, Axborot-metod xizmati, O‘MKHTTKMOUQT instituti va Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

2016 yil 25-26 fevral kunlari Toshkent shahrida “Eng yaxshi innovatsion fikrlash” mavzusidagi tanlovning respublika bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda 1-2-3 o‘rinlarga Toshkent shahar, Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ega bo‘ldilar.

2016 yil 14-17 mart kunlari O‘zbekiston respublikasiga xalqaro ekspert Keyt Tetli xonim tashrif buyurib, tashrif chog‘ida “Turizm sohasida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasining ishchi guruhi bilan hamkorlikda o‘quv materiallari tayyorlandi.

2016 yil 29 – martdan 6 aprelgacha bo‘lgan muddatlarda “Turizm sohasida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasining ishchi guruhi Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridagi pilot kasb-hunar kollejlariga tashrif buyurib, tashrif chog‘ida dars jarayonini kuzatish, qay darajada o‘zlashtirganligi va o‘quvchi va o‘qituvchilarni baholashdan iborat.

2016 yil 12 may kuni xalqaro ekspert Keyt Tetli xonim Markazda Axborot metodik-ta’minlash xizmati boshlig‘i va O‘MKHTTKMOUQT instituti rahbari bilan hamkorlikda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

2016 yil 22-27 avgust kunlari O‘MKHTTKMOUQT institutida “Koppetensiya asosida ta’lim berishni baholash va o‘qitish” mavzusida turizm yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun seminar o‘tkazildi.

2016 yil 19-23 sentabr kunlari Toshkent shahrida turizm yo‘nalishidagi kollejlarning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun “Ta’lim muassasalarida kompetensiya asosida ta’lim berish va o‘qitish uchun zarur sharoitlarni yaratish va ish beruvchilarni jalb etish mexanizmi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Gyote instituti bilan 2016 yil 21-23 yanvar kunlari Urganch Davlat universiteti qoshidagi 2-sonli AL o‘quvchilari uchun “V2-S1” darajalari bo‘yicha nemis tili imtihoniga tayyorlov seminari o‘tkazildi. «Fit in Deutsch 1» va «Fit in Deutsch 2» imtihonlari:

– 2016 yil 5 fevral kuni Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi Yormozor AL o‘quvchilari uchun;

– 2016 yil 23 fevral kuni Samarqand Davlat universiteti qoshidagi 2-sonli AL o‘quvchilari uchun;

– 2016 yil 24 fevral kuni Qarshi iqtisodiyot va irrigatsiya instiuti qoshidagi “Nuriston” AL o‘quvchilari uchun;

SFA bilan 2016 yil mart-aprel oylarida Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasining O‘zbekiston Respublikasidagi nemis tili bo‘yicha koordinatori va konsultanti byurosi (SFA) tomonidan Farg‘ona Davlat universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litseyi o‘quvchilari uchun “Nemis tili bo‘yicha V1 darajasi til sertifikati” imtihoni o‘tkazildi.

2016 yil 14-16 aprel kunlari Toshkent shahrida Farg‘ona Davlat universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litseyi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-sonli AL, O‘zDJTU qoshidagi 2-sonli AL va Navoiy Davlat konchilik instituti qoshidagi 2-sonli AL o‘qituvchilari uchun metodik-didaktik seminar o‘tkazildi.

2016 yil 6 iyun kuni Markazda Nemis tili bo‘yicha koordinator va konsultant Sven Shryoder bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

2016 yil 3-5 noyabr kunlari Samarqand shahrida Farg‘ona Davlat universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litseyi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-sonli AL, O‘zDJTU qoshidagi 2-sonli AL o‘qituvchilari uchun metodik-didaktik seminar o‘tkazildi.

2016 yil 25 noyabr kuni Markazda Nemis tili bo‘yicha koordinator va konsultant Barbara Damboldt bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelgusi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

2016 yil 30 noyabr-3 dekabr kunlari Toshkent shahrida Farg‘ona Davlat universiteti qoshidagi 3-sonli AL hamda O‘zDJTU qoshidagi 2-sonli AL o‘quvchilari uchun nemis tili bo‘yicha “Nemis tili diplomi” xalqaro imtihoni o‘tkazildi.

2016 yil 5-8 dekabr kunlari Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-sonli AL o‘quvchilari uchun nemis tili bo‘yicha imtihon bo‘lib o‘tdi.

Koyka bilan 2016 yil aprel oyida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejiga kompyuter yo‘nalishi bo‘yicha volontyor yuborildi.

Qo‘yliq maishiy xizmat kasb-hunar kollejiga oshpazlik yo‘nalishi bo‘yicha TDShI qoshidagi Olmazor akademik litseyiga koreys tili yo‘nalishi bo‘yicha volontyorlarni taklif etish uchun arizalar topshirildi. Volontyorlar 2017 yil fevral oyida kelishi rejalashtirilgan.