Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o`rinbosari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori

Qabul kunlari:Juma 08:00 dan 11:00 ga qadar

 

Telefon:(+99871) 246-10-91    Faks: (+99871) 246-10-92

O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi faoliyatini barcha yo`nalishlar bo`yicha boshqarish;

O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti faoliyatini ta'minlash;

Markazning apparat ishini rejalashtirish va hisobotini ta'minlash;

Hukumat qarorlari, farmoyishlarini Markaz apparati, o`rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari va tashkilotlarida ijrosini nazoratini ta'minlash;

Fuqarolarning og'zaki va yozma murojaatlari bilan ishlarni tashkil etish va olib borilishini nazorat etish;

Mehnat va ijro intizomi nazorati.

1956 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 1978 - yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1978-1986 yillar Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti assistenti, 1986-1989 yillar Moskva quruvchi-muhandislar instituti aspiranti, 1989-1995 yillarda esa Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi, 1998-2014 yillarda Samarqand viloyati hokimligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan , O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati boshlig‘i lavozimigacha bo'lgan lavozimlarda ishlagan. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori lavozimiga tayinlangan.