“XUSH KELDING NAVRO’Z” TADBIRI O’TKAZILDI

1 копия

TOSHKENT SHAHRIDARI IMKONIYATLARI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN  RESPUBLIKA KASB-HUNAR KOLLEJIDA  “XUSH KELDING NAVRO’Z” TADBIRI O’TKAZILDI

 Navro’zi olam xalqimizning azaliy va abadiy qadriyatlaridan bo’lib, bu ayyom o’zida yangilanish, yasharish, o’zaro hamjihatlik, mehru oqibat, bag’rikenglik deb atalmish umuminsoniy g’oyalarni mujassam etadi. Bu ayyom o’z mohiyatiga ko’ra, bahor faslining kirib kelishi, kun va tunning tenglashishi, yorug’ niyat bilan sumalakka bug’doy undirilishi, yangi unib chiqqan ko’katlardan shohona taomlar tayyorlanishi, xalq sayillariyu ko’ngilochar  tantanalarning  o’tkazilishi  bilan  alohida ajralib turadiki, ularning barchasida xalqimizning necha ming yillik orzu-istaklari, urf-odat va an’analari, qadriyatlari o’z ifodasini topgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23-fevraldagi  “2018 yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risidagi” PQ-3564-sonli qarori ijrosini ta’minlash va Navro’z bayramining beqiyos ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini hisobga olib ushbu qutlug’ ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida 2018 yil 16 mart kuni Toshkent shahridagi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika kasb-hunar kollejida “Xush kelding Navro’z” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.

Ta’lim muassasasida bayram taomi hisoblangan sumalak tayyorlandi.

Bayram dasturxoni bezatilib, milliy taomlarimiz osh va sumalak tortildi.

Bayramda o’quvchilar tomonidan qo’l mehnati bilan tayyorlangan  turli buyumlar ko’rgazmasi tashkil etilib, mehmonlar tomonidan ijobiy baholandi. Tadbir davomida Navro’z sayli tashkil etildi.

Bayram munosabati bilan kollej o’quvchilari ishtirokida katta bayram dasturi tayyorlanib, milliy kuy qo’shiqlar, laparlar barchaning e’tiboriga namoyish etildi.  Tadbirga vazirlik va tashkilotlardan mehmonlar, o’quvchilarning bayram kayfiyatlarini ko’tarish maqsadida  el suygan san’atkorlar tashrif buyurib, bayramga yanada zavq bag’ishladi.

Tadbirga ushbu kollejda uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan fidoiy ustozlar taklif etilib, ularga xurmat ehtirom  ko’rsatildi.

Tadbir so’ngida barcha ishtirokchi o’quvchilarga faxriy yorliqlar va estalik sovg’alari topshirildi. Tadbir o’zgacha shukuhda o’tdi.