Yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirishning pedagogik- psixologik asoslari

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining “Psixologiya va ma’naviyat ” kafyedrasida Davlat ilmiy-tyexnika dasturi 2012-2013, 2013-2014 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlar dasturi ITD-1. “Jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlanishi, ma’naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy myeros, o‘zbek xalqi davlatchilik tarixini hamda ta’limning uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish” doirasida loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha mavzusi “Yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirishning pyedagogik- psixologik asoslari” deb nomlanib ayni paytda ta’lim tizimida dolzarbligi bilan belgilanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida” 2012 yil 28 maydagi PQ-1761-sonli qarorida  chet el tajribasini inobatga olgan holda, kasb-hunar kollejlari uchun yangi o‘quv ryejalari va dasturlarini qaytadan ishlab chiqish, ta’lim sohada tashkil etilayotgan faoliyat samaradorligi va muvaffaqiyati mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi, malakaga egalik darajasi, zimmasidagi vazifalarni bajarishga nisbatan ijodiy yondashish nazarda tutilgan.

Shunday ekan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning kasb-hunar ta’limi tizimi oldiga qo‘ygan asosiy vazifalaridan biri “Dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan, yangicha fikrlaydigan, uddaburon, ishning ko‘zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydyevorini quruvchi, yuksaltiruvchi, zamon talablariga javob byeruvchi, raqobatbardosh, bir so‘z bilan aytganda, yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdir. yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashning bosh omillaridan biri, bu – o‘quvchi yoshlarni ongli ravishda, qiziqishlari asosida kasbga yo‘naltirish jarayoni bo‘lib sanaladi.

Bu borada hozirda hukumatimiz tomonidan bir talay ishlar amalga oshirilib kyelinmoqda, bunga yaqqol misol O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik lisyeylar va kasb-hunar kollyejlarida o‘qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 109-sonli qarori, shunga muvofiq ishlab chiqilgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish va rasmiylashtirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida ishlab chiqilgan Nizomda ham umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini (keyingi o‘rinlarda bitiruvchilar deb yuritiladi) o‘zlari va ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan tanlangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishni tashkil etish tartibini belgilash masalalari dolzarb muammo sifatida o‘z ifodasini topgan..

Shu bois, ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bilan birga kasb-hunar to‘g‘risida kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tarbiya orqali ularni qobiliyatlari, qiziqishlari asosida ongli kasbga yo‘naltirish va moslashtirish ishlarini amalga oshirib kyelmog‘imiz muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda avvalo uzluksiz ta’lim islohotlarida kasbga yo‘naltirish va moslashtirish ishlarini uzluksiz ravishda aniq tashkil etish joiz. Yosh avlodni kasbga yo‘naltirishda pedagogik-psixologik yondashish omillaridan biri, bu – o‘quvchi yoshlarni kasblar olami haqida yetarli darajada bilimga ega bo‘lishlari va ularni qiziqishlari, imkoniyatlari asosida mustaqil ravishda kasb tanlash jarayoniga yo‘naltirishdir. Bunda, avvalo ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi pedagoglardan o‘quvchi shaxsiga psixologik-pedagogik yondashish jarayonlarida yetarli bilim, ko‘nikma malakalarga ega bo‘lishlari bilan birga o‘quvchi shaxsini maqsadli kasbga yo‘naltirish va kasbga moslashtirish yuzasida tavsiyalar berish malakalariga ham ega bo‘lishlarini talab etadi.